48
yer arhipalaglarini hosil qiladi materik sohiliga o'yib kirgan qo'ltiqlar va ayrim
orollarni bir-biridan ajratib turuvchi bo'g'ozlar bugri va tordir. Janubiy Amerikaning
katta qismini tashkil etuvchi janubiy Amerika platformasi
gondvananing boshqa
qismlari bilan proterazoyning ohiri va kembriyning boshlarida qo'shilgan.
Parm davri ohirida tog' paydo bo'lish harakatlari butun And geosinklinaliga
yoyilgan platforma esa ko'tarilma harakatlar markaziga aylangan. Buning natijasida
qalqonlardagina emas balki qatlam ko'l allyuvial jinslar to'plangan sinklizalarda
ham kontinental sharoit qaror topdi. Platformada
bunday sharoit mezazoyning
butun birinchi yarmi davomida saqlanib turadi. Atlantika okeani oblastida cho'kish
ro'y berib u janubiy Amerikaning Afrikadan ajralib chiqishiga sabab bo'lgan. Bu
davr ohiriga kelib janubiy Amerikada hozirgiga o'hshagan iqlim sharoiti qaror
topgan. Bu davr ohirida va paleogen davomida And zonasida burmalanish
ko'tarilish hamda vulkanik harakatlar bo'ladi.
Janubda Antarktika oblastida iqlimning sovub ketishi va Antarktika qoplama
muzliklarning paydo bo'lishi munosabati bilan bu yerga
Antarktika florasi kirib
kela boshladi. And tog'lari ko'tarilgan sari ularning o'ziga hos organik dunyosi
vujudga keldi, u uch flora elementidan tog' tabiati sharoitiga moslashgan neotropik
elementdan antarktika elementidan va And tog'larining o'zida tarkib topgan toqqa
xos endemik turlaridan iborat. And tog'larining kuchli ko'tarilishi
oqibatlaridan biri
tog' muzlanishlaridir ular xozirgiga qaraganda ancha katta bo'lgan biroq chekka
janubni hisobga olmaganda hech qayerda tog'lar doirasidan chetga chiqmagan
materikning janubi g'arbida cho'kish va muzliklar ish natijasida Chilinning fordli
sohili vujudga kelgan.
Savol :
1. Materik qirg'oq tuzilishidagi o'ziga xoslikni ko'rsating?
2. Qaysi davrdan boshlab materik qiyofasi shakillanib boshlangan?