51
butun shimoliy qismi iyulda janubiy g'arbiy musson keltiradigan nam ekvatorial
havo taesirida bo'ladi, shuningdek Atlantika okeani tomonidan kirib keladigan nam
tropik dengiz havosi ham ta'sir etib turadi. Janubiy yarim shardagi tropik
maksimumning shimolga surilishi munosabati bilan Braziliya tog'ligida
yuqori
bosimli va quruq ob-havo qaror topadi. Tog'larning janubiy sharqiy chekkasigina
bevosita Atlantika okeanidan keladigan janubiy sharqiy passatlar ta'sirida bo'lgani
uchun unga ancha miqdorda yog'in tushadi biroq bu yog'in miqdori yozda kamroq.
Tinch okean sohilning markaziy qismida iyulda ham yanvardagi kabi 300 J.K. dan
to ekvatorgacha janubiy va janubiy-g'arbiy shamollar ustun turadi ular sovuq Peru
oqimli suvlari ustunda qirg'oqqa paralel esib shu kengliklarda Tinch okeani sohil
ob-havosining ancha quruq kelishiga sabab bo'ladi.
Savol:
1. Materik iqlimidagi o'ziga hos tomonlar nimadan iborat ?
2. Materik joylashgan o'rni iqlimiga qanday ta'sir ko'rsatadi?