• Boshqaruv bo‘g‘ini
  • Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet296/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va 
    vazifalari 
    Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish 
    tadbirkor hal etishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan biridir. 
    Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga 
    oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv 
    organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. 


    541
    Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda 
    boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish 
    jarayoni hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi hamda xizmat 
    ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar 
    o‘rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‘limlari 
    va ularga xos bo‘lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo‘linmalar yig‘indisi, 
    ularninng tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini 
    tashkil etadi. 
    Boshqaruv bo‘g‘ini – bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini 
    bajaruvchi mustaqil bo‘limlardir. Bu bo‘limlar o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalar 
    gorizontal xarakterga ega bo‘ladi. 
    Boshqaruv bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan 
    bo‘g‘indir. Masalan: 
    Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka 
    Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda, quyi 
    bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘iniga izchillik bilan bo‘ysuni-shini ko‘rsatadi. Bu vertikal 
    bo‘yicha bo‘linishdir. 
    Barcha bo‘g‘in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o‘zaro bo‘ysunish 
    tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq hamda burchlari, ular 
    o‘rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish