• «manzilni o‘zgartirish
  • «haydovchi», «avtokorxona»
  • ortish» nomli qatorda quyidagi rekvizitlar yoziladi: «ijrochi nomli




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet292/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    ortish» nomli qatorda quyidagi rekvizitlar yoziladi: «ijrochi nomli» 15-ustunga yuk 
    ortish jarayonini bajaruvchi tashkilotlar (avtokorxona, tovar bekati, yuk jo‘natuvchi, 
    ixtisoslashgan tashkilot va sh. K. )ning nomlari yoziladi. «usul» nomli 16-ustunda 
    ortish usuli(qo‘lda mehanizatsiya bilan, qo‘yib, bunkerdan va sh. K.) Ko‘rsatiladi. 18 
    va 19-ustunlar «sana va kelish vaqti» hamda «sanava ketish vaqti»deyilib, 
    avtomobilning yuk ortishga kelishi va bu yerdan ketish vaqti: yil, oy, kun, soati, 
    daqiqasi yozilib, tamg‘a, muhr mas’ul lavozimdagi shaxsning imzosi bilan 
    tasdiqlanadi. 
    Yuk ortish uchun kelish vaqti haydovchining yo‘l varaqasini kirish darvozasi 
    yoki nazorat o‘tkazish joyidagi yuk jo‘natuvchi tashkilotning tovar jo‘natish uchun 
    mas’ul kishiga ko‘rsatgan vaqti hisoblanadi. Avtomobilning yuk ortishdan ketish 
    vaqti tovarni jo‘natish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning tovar-transport hujjatini 
    imzolab haydovchiga bergan vaqti hisoblanadi. Agar bir qatnovda yuk bir necha 
    tovar-transport bilan yuklanadigan bo‘lsa, yuk ortish uchun kelish vaqti ulardan 


    535
    birinchisi va ketish vaqti oxirgisi hisoblanib, qolganlari tth ning tegishli ustunlariga 
    yozilib, ochiq qolganlariga chizib qo‘yiladi. 
    Yuk talonlar bo‘yicha tashilsa va bir necha qatnov bitta tovar transport hujjati 
    bilan rasmiylashtirilsa, 18-ustundagi «yuk ortish uchun kelish vaqti» ushbu tovar-
    transport hujjati bo‘yicha birinchi qatnovdagi yuk ortish uchun kelish vaqti yoziladi, 
    19-ustunga esa oxirgi qatnovdagi ketish vaqti yoziladi. Bir vaqtning o‘zida 20-
    ustunga avtomobilning yuk ortish va yuk tushirishda turgan vaqtining umumiy 
    yig‘indisi ko‘rsatiladi. «qo‘shimcha jarayonlar» nomli 21, 22-ustunlarda yuk 
    ortishda bajarilgan qo‘shimcha jarayonlar (tortish, tahlil, qayta hisoblash va sh. K) 
    har birining soni va uni amalga oshirish uchun ketgan vaqt ko‘rsatilib, yozib 
    qo‘yiladi. «transport xizmati» nomli qatorda yuk ortishda haydovchi tomonidan 
    ko‘rsatilgan transport xizmati (yukni o‘rash, bog‘lash, brezent bilan yopish, axborot 
    xizmati va boshqalar), ularning soni ko‘rsatilib, sanab o‘tiladi. 
    Yuk jo‘natuvchida ortish va sanab o‘tilgan rekvizitlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi 
    uchun mas’ul bo‘lgan shaxs 23 ustundagi «mas’ul shaxs imzosi» nomli ustunga 
    imzo qo‘yadi. Yo‘lda yurayotganda tovar transport hujjatini to‘ldirish. Agar yo‘lda 
    yurayotganda yuk manzilini o‘zgartirishga zarurat tug‘ilsa, yoki yuk tashishga oid 
    dalolatnoma tuzishiga ehtiyoj tug‘ilsa, bu haqda haydovchida bo‘lgan tovar-transport 
    hujjatining barcha uchta nusxasining orqa tomonidagi «manzilni o‘zgartirish» yoki 
    «dalolatnoma tuzish to‘g‘risida belgi» nomli qatorga qayd etiladi. 
    Yukning borish joyini o‘zgatirishda «yuk oluvchi» va «yuk tushirish joyi» 
    nomli qatorlaridagi rekvizitlar ustiga chizib qo‘yiladi (chunki, ularni o‘qish mumkin 
    bo‘ladi) va «manzilni o‘zgartirish» nomli ustunga yangi yuk oluvchining rekvizitlari 
    qo‘yiladi, shuningdek, manzil kim tomonidan o‘zgartirilganligi, farmoyish raqami 
    ham yozib qo‘yiladi. Bu xil yozuvlarning hammasi avtotransport korxonasining 
    vakili bo‘lgan haydovchining imzosi bilan tasdiqlanadi. Jo‘natishga oid dalolatnoma 
    tuzishida «dalolatnomatuzish haqida belgi» ustuniga dalolatnoma raqami tuzilgan 
    sana va nima to‘g‘risida tuzilganligi (masalan, joyning yetishmasligi haqida, «plomba 
    buzilganligi to‘g‘risida» va sh. K.) Yozib qo‘yiladi. Yo‘lda ketayotganda yukni 
    boshqa avtomobilga yuklangan holatda «haydovchi», «avtokorxona» va 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ortish» nomli qatorda quyidagi rekvizitlar yoziladi: «ijrochi nomli

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish