Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/416
Sana19.12.2023
Hajmi6,3 Mb.
#123984
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   416
Bog'liq
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

«avtomobil» nomli qatorlardagi avvalgi rekvizitlar chizib tashlanadi (chunki ularni 
o‘qish mumkin bo‘ladi) va avtomobil va haydovchi to‘g‘risida yangi ma’lumotlar, 
shuningdek, avtotransport korxonasining rekvizitlari qo‘yiladi. Bu yo‘nalish yukni 
boshqa avtomobilga ko‘chirishga rahbar bo‘lgan xodimning imzosi bilan 
tasdiqlanadi. Shu bilan birga yukni bir haydovchi ekspeditordan boshqa haydovchi 
ekspeditorga olib berish haqida belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi, bu haqda 
«tuzilgan dalolatnomahaqida belgi» nomli qatoriga tegishli belgi qo‘yiladi. 
Nazorat savollari 
1. 
Avtomobil 
transport 
vositalarining 
asosiy 
texnik-ekspluatatsion 
xususiyatlari va amaliyotdagi axamiyati nimalardan iborat? 


536
2. 
Yuk avtomobil transporti vositalarini tanloviga qandayasosiy talablar 
qo‘yilad 
3. 
Tara va uning xizmatlari nimalardan iborat? 
4. 
Yuklarqanday tasniflanadi? 
5. 
Avtomobil saroyi va undan foydalanish koeffitsienti qanday hisoblanadi? 
6. 
Avtomobillarda yuk tashish tasnifi nimalardan iborat? 
 


537
21-mavzu: Avtomobil transporti korxonalarining tadbirkorlik 
faoliyatini boshqarish 
Reja
1. Kichik beznis va tadbirkorlik korxonalari tashkil etish va davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish tartibi 
2. Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridanro‘yxatdan 
O‘tkazish tartibi 
3. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarigalitsenziya berish tartibi 
4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va vazifalari 
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir necha bosqichdan 
iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 1-rasmda aks ettirilgan. 
Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari, 
ya’ni korxona nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va 
boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va 
taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli 
bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So‘ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. 
Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega bo‘lgan korxonalar esa 
O‘zbekistan Respublikasi adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tadi. 
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vakolatli 
organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 


538
- korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ta’sischilarning arizasi; 
- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari 
(korxona nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi); 
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat; 
- davlat bojini to‘laganligi to‘g‘risida bankdan berilgan hujjat; 
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi 
to‘g‘risida berilgan guvohnoma
- muhr va tamg‘aning uch nusxadagi namunasi. 
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova 
qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog‘i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha 
bo‘lgan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Korxonaning davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi 
yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida davlat statistika 
qo‘mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 
tashkil etilgan hisoblanadi. 
Davlat 
ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma nusxasi, 
hokimiyat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona nizomi hamda 
korxonaning 
ro‘yxatdan 
o‘tkazilganligi 
to‘g‘risidagi 
davlat 
orderi 
topshiriladi. 
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat 
etilgandan so‘ng korxona rahbariyati: 
- dumaloq muhr va tamg‘aga buyurtma berishi; 
- bankda hisobvarag‘i ochishi; 
- soliq inspektsiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi; 
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro‘yxatdan O‘tkazishi; 
- bandlik markazidan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. 
Dumaloq muhr va tamg‘ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona 
rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo‘limiga, korxonaning ro‘yxatdan 
o‘tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko‘chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki 
nusxadagi muhr va tamg‘a chizmalarini taqdim etishi kerak. 
Ichki ishlar bo‘limi ruxsatni alohida xat ko‘rinishida beradi. Chizmalar esa 
kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   416




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish