Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/416
Sana19.12.2023
Hajmi6,3 Mb.
#123984
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   416
Bog'liq
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

3. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi 
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun davlat 
tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. 
Litsenziya beruvchi organlar 3.2.1-jadvalda keltirilgan. 
Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo‘lgan shaxsning ta’sis 
hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza 
berilgandan so‘ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida qaror qabul qilinadi. 
Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab 
qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bo‘lgan davlat organlari 
amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng, 15 kun mobaynida ariza va 
kerakli hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi.
Bunda ekspertiza o‘tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to‘laydi. 


540
Litsenziya ikki nusxada bo‘lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo‘l 
qo‘yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga 
topshiriladi. 
Litsenziyada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi: 
- litsenziya berayotgan muassasa nomi; 
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi; 
- litsenziya berilayotgan faoliyat turi; 
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari
- litsenziyaning ro‘yxat raqami, berilgan vaqti va muddati. 
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada 
belgilangan qonun-qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi 
hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullansa, u holda litsenziya bergan 
muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir. 
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish 
huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan 
olib qo‘yiladi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   416




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish