• Funktsional tuzilma.
  • Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet298/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Chiziqli–shtabli tuzilma. Chiziqli-shtabli tuzilma har bir chiziqli rahbar 
    qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish 
    yo‘li bilan tashkil etiladi. 
    Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o‘rganish orqali rahbarlarga qaror 
    qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo 
    bo‘lishiga sabab korxonalarda funktsiyalarning murakkabligidir. 
    Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi birlamchi 
    vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo‘lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga 
    tobe bo‘lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslaxat 
    berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan 
    ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul 
    qilishdan iboratdir. 
    Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o‘z diqqatlarini 
    ilmiy-tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga 
    qaratadilar. Kamchiligi – boshqaruv tizimida ortiqcha bo‘g‘inlarning paydo 
    bo‘lishiga, 
    natijada 
    boshqaruv 
    tezkorligining 
    susayishiga, 
    boshqaruv 
    xarajatlarining o‘sishiga olib kelishidir. 


    543
    Funktsional tuzilma. Funktsional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib 
    bo‘g‘inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har 
    bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan funktsiyalar biriktirib quyiladi. 
    Boshqaruv apparatini funktsional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha 
    oshiradi. Boshqaruvning hamma funktsiyalarini bajarishi lozim bo‘lgan universal 
    rahbarlar o‘rniga o‘z sohasini puxta biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan, o‘ziga 
    topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mo‘taxassislar apparati paydo 
    bo‘ladi. 
    Funktsional bo‘linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo‘linmalarining 
    faoliyatini boshqaradi. 
    Funktsional tarkib ham o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. 
    Funktsional tarkibning ijobiy tomonlari: 
    - bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv 
    samaradorligining kasb mahorati darajasining o‘sishini ta’minlaydi. Masalan, 
    marketing bo‘yicha mo‘taxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan 
    yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi
    - funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. 
    Xodimlar bunga tez ko‘nikma hosil qiladilar; 
    - moddiy xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga chek 
    qo‘yadi va hokazo. 
    Funktsional tarkibning salbiy tomonlari:funktsional organlar o‘ziga topshirilgan 
    vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, «begona» vazifalar uchun ham, 
    butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi.
    Bunda har bir rahbar o‘z vazifasi bo‘yicha farmoyish berish uchun barcha 
    huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, 
    ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning bo‘shashiga olib keladi. Chunki har 
    bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha boshliqqa bo‘ysunadi, 
    ko‘pincha ulardan bir-biriga zid ko‘rsatmalar oladi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish