Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/416
Sana19.12.2023
Hajmi6,3 Mb.
#123984
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   416
Bog'liq
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

 
2. Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan 
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 
Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
- korxona rahbarining arizasi; 
- hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari; 
- muhr va tamg‘a bilan tasdiqlangan kartochkalar


539
- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi 
haqidagi qaroridan ko‘chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma; 
- soliq organidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma. 
Shundan so‘ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini 
korxona nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qo‘yilib, 
bankning gerbli muhri bosiladi. 
Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin barcha tabdirkorlik sub’ektlari soliq 
organiga ro‘yxat (identifikatsiya) raqami olish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat qilishlari lozim. 
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami soliq to‘lovchilarga, yuridik 
shaxslarga soliq organi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ro‘yxatdan o‘tish 
shaklini to‘ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi. 
Davlat soliq inspektsiyasida tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bir 
marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini to‘xtashi munosabati bilangina 
bekor qilinadi. 
Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z identifikatsiya raqamini o‘zbekistan respublikasi 
soliq kodeksiga muvofiq qo‘llaniladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatishi shart. 
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o‘z 
omonatlarini to‘laligicha kiritadi (ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan kechikmaslik 
kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadi, korxona tuman soliq inspektsiyasida 
ro‘yxatga olinadi, o‘zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo‘ladi. Shu 
vaqtdan boshlab korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   416




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish