• Mahsulotga ko‘ra boshqaruv
  • Matritsali tuzilma.
  • Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi
  • Loyiha bo‘yicha boshqaruv




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet300/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Loyiha bo‘yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani 
    joriy qilish zaruriyatida tug‘ilgan hollarda qo‘llaniladi. Bunda vaqtinchalik mahsus 
    xizmat bo‘limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo‘lim loyiha tuzadi va uning 
    joriy etilishini nazorat qiladi. 
    Mahsulotga ko‘ra boshqaruv tarkibining afzalligi axborotlarning kelish 
    yo‘llari va oqimining qisqarishida, yakkaboshchilik tamoyiliga to‘la rioya 
    qilinishida, boshqaruvning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan halos 
    qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday tarkib bozorda talabning o‘zgarishiga tezkor 
    munosabat bildirishga qodirdir. 
    Matritsali tuzilma. Matritsali tarkib bo‘yicha boshqaruv ancha murakkab 
    bo‘lib, u mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko‘radigan va tez-tez o‘zgarib turadigan 
    korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Bu tarkib korxonada gorizontal aloqalarini 
    yo‘lga qo‘yishga va ularni zamonaviy kompyuterlar yordamida murakkab 
    buyurtmalarini bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan bog‘lashga, texnika 
    sohasida yuqori malakali xizmat ko‘rsatishga va ekspertizani ta’minlashga 
    qaratilgan. Ushbu tarkibni «tur» ko‘rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki 
    turdagi tarkibning kombinatsiyasini ifodalaydi. 
    Boshqaruvning matritsali tarkibining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, 
    ayni bir vaqtning o‘zida, loyiha bo‘yicha boshqarishda, shuningdek, o‘zining 
    funktsional organida xizmatda bo‘ladi hamda ikki yoqlama bo‘ysunadi. 
    Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi 
    Rahbarning boshqaruv uslubi deganda, boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan 
    muammolarini hal qilish usullari majmui tushuniladi. 


    545
    Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning quyidagi boshqaruv uslublaridan 
    foydalaniladi: 
    Xo‘jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo‘lish. 
    Jamoa va uning har bir xodimi to‘g‘risida qayg‘urish. 
    Yuqori madaniyatli boshqaruvning tashkil qilish. 
    Rahbarning yangilikni his etish qobiliyati. 
    Kichik biznes faoliyatini boshqarishning bir necha pog‘onalari mavjud. Ularga 
    ikki pog‘onali, uch pog‘onali va ko‘p pog‘onali boshqaruvni misol qilib ko‘rsatish 
    mumkin. Kichik biznes faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan olingan va eng 
    samaralisi hisoblangan ikki pog‘onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi usulidan keng 
    foydalaniladi. 
    Bu usulning samarasi uning oddiyligida, bajaruvchi va rahbar o‘rtasidagi 
    munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langanligidadir. Bu erda nazoratning yuqori 
    samarasiga erishiladi. Pog‘onalar soni ortib borgan sari boshqaruv samarasi kamayib 
    boradi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish