• «yo‘lda bekor turib qolish»
  • «avtomobil va tirkamalar ishi natijalari




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet288/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    «avtomobil va tirkamalar ishi natijalari» bo‘limida sarflangan yonilg‘i sarflash 
    avtomobilning umumiy yurgan yo‘li va uning bir kun (smena)dagi ishida bajarilgan 
    tonna kilometr bo‘yicha belgilanadi. Ishga yakun chiqarishda avtomobillarning ayrim 
    rusumlari uchun tasdiqlangan norma bo‘yicha haqiqiy sarfxarajatlar yo‘l varaqasida 
    ko‘rsatiladi. 
    Avtomobilning ishda bo‘lgan vaqti uning garajdan chiqishidan garajga 
    qaytishgacha bo‘lgan vaqti, ovqatlanishi va dam olish uchun ketgan vaqtini 
    (avtotransportga tegishli nizomga muvofiq) chiqarib tashlab, soat hisobida 
    belgilanadi. Yo‘lsizlik, texnik buzuq va shu kabi sababli bir kunlik bekor turish 
    uchun ketgan vaqt ishdagi soatlardan chiqarib tashlanadi. 
    Harakatdagi vaqt ish paytidagi va bekor turib qolishdagi vaqtning farqini tashkil 
    etadi. Bekor turib qolishda ketgan vaqt yuk ortish va yuk tushirish, avtomobilning 
    yo‘lda buzilishi, shina almashtirish, yo‘lning noqulayligi va boshqa sabablar bilan 
    bekor turilgan vaqtni qo‘shish bilan belgilanadi. Yuk ortish va yuk tushirishda turib 
    qolish vaqti, tovar va transport hujjatida ko‘rsatilgan bekor turish haqidagi yozuvlar 
    bo‘yicha belgilanadi. Texnik buzuqlik va boshqa sabablarga ko‘ra bekor turib qolish 
    vaqti yo‘l varaqasining «yo‘lda bekor turib qolish» bo‘limidagi yozuvlar bo‘yicha 
    belgilanadi. Yuk ortish va tushirishda turish, me’yordan ortiq turib qolish va texnik 
    buzuqlikdan kelib chiqqan bekor turishlar alohida belgilanadi. Yuk bilan qatnov soni 
    dastlabki yuk ortish joyi bilan oxirgi yuk tushirish joyi o‘rtasidagi yuk bilan barcha 


    532
    qatnovni hisoblash yo‘li bilan belgilanadi. Oxirgi yuk ortish va tushirishlarni bajarish 
    tovar-transport hujjatlaridagi yozuvlar bo‘yicha belgilanadi. Yuk bilan yurilgan 
    masofa tthda ko‘rsatilgan barcha yuk bilan yurilgan masofalar yig‘indisiga teng 
    bo‘ladi. Yuksiz yurilgan masofa umumiy yurilgan masofa bilan yukli yurilgan 
    masofa o‘rtasidagi farqni tashkil etadi. Avtomobilning umumiy yurgan yo‘li 
    spidometrning garajdan chiqishidagi ko‘rsatkichi bilan garajga qaytib kelganidagi 
    ko‘rsatkichi o‘rtasidagi farqiga to‘g‘ri kelishi lozim. Avtomobilda tashilgan yukning 
    umumiy miqdori tovar-transport hujjati bo‘yicha belgilangan manzilga tashilgan 
    yukning miqdorini hisoblash orqali belgilanadi. Tonna-kilometrlar har bir qatnovda 
    tashilgan yukning miqdorini (og‘irligini) yuk ortish va yuk tushirish joylari 
    o‘rtasidagi har bir qatnov masofasiga ko‘paytirish orqali belgilanadi. 
    Yuk avtomobili bir kunda (smenada) bajargan tonnakilometrning umumiy 
    miqdori yuk bilan barcha qatnovdagi tonna kilometrlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi. 
    Haydovchilarning ish haqi barcha yo‘l varaqalariga ilova qilingan tovar-transport 
    hujjatlaridagi «narxni belgilashda» aks ettirilgan ma’lumotlarga asoslanib 
    ko‘rsatiladi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish