• «haydovchi va avtomobilning ishi
  • «yuk bilan qatnov soni
  • «tonnalarni tashish»
  • «haydovchi va avtomobil ishi»
  • «mexanikning imzosi
  • «tovar-transport hujjatiga ilova qilingan raqamlar»
  • «yonilg‘ining sarflanishi
  • Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet284/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    «tirkamalar» qatoriga avtomobil bilan yo‘lga chiqariladigan tirkama va yarim 
    tirkamalarning rusumi, davlat va garaj raqamlari yoziladi. Bu qatorlarga joylarda 
    almashtirilgan tirkama va yarim tirkamalarning raqamlari yoziladi. «kuzatib 
    boruvchi shaxs» nomli qatorda topshiriqni bajarish uchun avtomobilni kuzatib 
    boruvchi shaxslar (yukchi, ekspeditor, stajyor va boshqalar)ning sharifi, otasi 
    ismining bosh harflari yoziladi. «haydovchi va avtomobilning ishi» qatorida 2 va 3- 
    ustunlarga jadval bo‘yicha yo‘lga chiqadigan va qaytadigan avtomobilning chiqish 
    sanasi (oy, kun) va qaytish vaqti (soat va daqiqa) yoziladi. «haydovchiga topshiriq» 
    qatorida «kimning ixtiyoriga» nomli 16-ustunga buyurtmachining talabi asosida 
    avtomobil topshiriqlarni bajarish uchun kimning ixtiyoriga borsa, o‘sha 
    buyurtmachining nomi yoziladi. «kelish vaqti» nomli 17-ustunga sharnoma shartlari 
    bo‘yicha avtomobil buyurtmachining talabi yoki ish jadvaliga ko‘ra buyurtmachiga 
    kelish vaqti (soat, daqiqa) yoziladi. «yuk qayerdan olinadi» nomli 18-ustunda va 
    «yuk qayerga olib boriladi» nomli 19-ustunda buyurtmachilarning talabi yoki 
    shartnoma shartlariga muvofiq yuk ortish va yuk tushirish joylarining manzili 
    yoziladi. «yukning nomi» nomli 20-ustunga buyurtmachining talabnomasiga asosan 
    yukni boshqa avtomobilga ko‘chirib ortiladigan va avtomobilni tashishga tayyorlash 
    (brezent, arqon, mustahkamlaydigan moslamalar va hokazo) va haydovchiga axborot 
    beradigan narsalarning nomlari yoziladi. «yuk bilan qatnov soni» nomli 21-ustunga 
    talabnoma yoki bir martalik buyurtma asosida topshiriqni bajarish uchun zarur 
    bo‘lgan yukli qatnovlar soni yoziladi. «masofa» nomli 22-ustunga masofalar jadvali, 
    joylar yoki xarita bo‘yicha masofalarni o‘lchash dalolatnomalari asosida yuk tashish 
    joylari orasidagi masofa yoziladi. Rekvizitlar haydovchiga axborot berish, yo‘lda 
    nazorat qilish va talab etiladigan yonilg‘i miqdori va boshqa hisoblarni belgilashga 
    xizmat qiladi. «tonnalarni tashish» nomli 23-ustunga buyurtmachiga olib borish 
    lozim bo‘lgan yuklar soni yoziladi. «haydovchiga topshiriq» bo‘limida ko‘rsatilgan 
    topshiriqni faqat avtokorxona o‘zgartirish huquqiga ega. Ayrim hollarda buyurtmachi 
    «ayrim belgilar» nomli qatordagi yozuvlarga muvofiq topshiriqni o‘zgartirishi 
    mumkin.
    Yo‘l varaqasining old tomonidagi «yonilg‘i berilsin» qatoriga avvalgi kundagi 
    ishdan qolganini hisobga olib, topshiriqqa muvofiq, yonilg‘i berishga ruxsat etilgan. 
    Yonilg‘i miqdori so‘z bilan yoziladi. «nozimning imzosi» nomli qatorga nozim, yo‘l 
    varaqasining rekvizitlari to‘g‘ri to‘ldirilganligi va haydovchining guvohnomasi 
    borligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Garajdan chiqquncha yo‘l varaqasi quyidagi 
    tartibda to‘ldiriladi: «yonilg‘i sarflash» bo‘limida 7, 9-ustunlaridagi tegishli 
    qatorlarga yonilg‘i quyuvchi, yoqilg‘i moylash materiallari bo‘yicha texnik yoki 


    528
    bunday shaxsning vakili berilgan yoqilg‘i (benzinning rusumi va suyo‘ltirilgan 
    gazning) miqdorini yozib boradi. 
    Yo‘l varaqasining old tomoniga tibbiy xodim qatnov oldidan tibbiy ko‘rik 
    o‘tkazib haydovchining sog‘lig‘i va uni avtomobilni boshqarishga ruxsat berib, 
    varaqada qayd etib, imzo chekib tasdiqlaydi. «haydovchi va avtomobil ishi» 
    bo‘limida «spidometr ko‘rsatkichi» nomli 5-ustunga nazoratdan o‘tkazish joyi yoki 
    texnika nazorati bo‘limi avtomobilni yo‘lga chiqarishda spidometrning ko‘rsatishini 
    yozib boradi. «haqiqiy vaqti» nomli 6-ustunda shtamp-soat bilan avtomobilning 
    garajdan chiqqan haqiqiy vaqti qo‘yiladi. Shtamp-soat bo‘lmasa yoki buzilgan bo‘lsa 
    vaqt (kun, oy, soat, daqiqa) yoziladi. «yonilg‘i» sarfi bo‘limidagi «yo‘lga chiqishdagi 
    qoldiq» nomli 10-ustunga nazoratdan o‘tkazish joyi yoki texnika nazorati bo‘limi 
    yo‘lga chiqishda avtomobil bakida qolgan yonilg‘i miqdorini yozadi va bu ustunda 
    yozilganlarning barchasi to‘g‘riligini imzo qo‘yib tasdiqlaydi. «mexanikning 
    imzosi» nomli qatorda nazoratdan o‘tkazish joyi va texnik nazorat bo‘limining 
    mexanigi avtomobilni texnik jihatdan soz holda haydovchiga topshirilganligini va 
    garajdan chiqishga ruxsat berilganligini imzo qo‘yib tasdiqlaydi. «haydovchining 
    imzosi» nomli qatorga haydovchi avtomobilni texnik jihatdan soz holatda qabul 
    qilgani va ishlashga topshiriq olganligini imzo qo‘yib tasdiqlaydi. 
    Yo‘l varaqasi yo‘lda quyidagicha to‘ldiriladi: 4-ye raqamli «topshiriqni bajarish 
    tartibi» bo‘limida yuk jo‘natuvchi 24-ustunga bajarilgan ishning (qatnov) tartib 
    raqamlarini yozadi.«tovar-transport hujjatiga ilova qilingan raqamlar» nomli 25-
    ustunga yuk jo‘natuvchining ushbu qatnovga aloqador bo‘lgan barcha tovar-transport 
    hujjatlarining raqamlari yoziladi. «kelish vaqti» nomli 26-ustunga haydovchi yo‘l 
    varaqasini yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchiga chiqish darvozasi oldida yoki 
    nazoratdan o‘tkazish joyi, yuk ortish yoki yuk tushirish joyi (temiryo‘l bekatidan 
    tashqari)da taqdim etgan vaqti (soat va daqiqa) yoziladi. Chiqish darvozasi yoki 
    nazoratdan o‘tkazish joyi bo‘lmaganda ko‘rsatilgan ustun to‘ldirilmaydi, yuk ortish 
    yoki yuk tushirish vaqti tovar transporti hujjati (tth)da ko‘rsatiladi. «imzo va muhr» 
    nomli 27 ustunga yuk qabul qilib oluvchi yo‘l varaqasiga yozilgan rekvizitlarning 
    to‘g‘riligini tasdiqlab imzo qo‘yadi va muhr bosadi. «avtokorxona belgilari» nomli 
    28-ustundan atk va aj avtomobil va tirkama ishdagi qo‘shimcha hisoblash 
    ko‘rsatkichlarini yozishda foydalanishi mumkin. «yo‘lda turib qolish» bo‘limida 
    texnik yordam ko‘rsatish xizmati xodimi yoki uning vakili tegishli ustunlarda turib 
    qolish kuni, vaqti (oy, kun, soat, daqiqa)ning boshlanishi va tugashini yozadi, turib 
    qolishi sababini imzo qo‘yib, shtamp bosib tasdiqlaydi. «ayrim belgilar» bo‘limiga 
    yo‘l varaqasida ko‘zda tutilmagan ma’lumotlar (davlat avtomobil nazorati 
    organlarining belgilari, buyurtmachilarning avtomobil yuk ortishdan voz kechganligi, 
    yo‘l xizmati va boshqa belgilari) yoziladi. Avtomobil garajga qaytganda yo‘l varaqasi 
    quyidagi tartibda to‘ldiriladi: «haydovchi va avtomobil ishi» bo‘limidagi 6-ustunga 
    nazoratdan o‘tkazish joyining mexanigi avtomobilning garajga qaytish vaqtini ( oy, 
    kun, soat, daqiqa) yozadi yoki shtamp-soat bilan belgilaydi va «spidometr 


    529
    ko‘rsatkichi» nomli 5-ustunni to‘ldiradi. «yonilg‘ining sarflanishi» bo‘limida 
    texnika nazorati bo‘limi va nazoratdan o‘tkazish joyining mexanigi «qaytgandagi 
    qoldiq» nomli 11-ustunini to‘ldiradi va uning ostiga imzo qo‘yadi. «yonilg‘i 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti

    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish