• «ish tartibi
  • Yo‘l varaqalarini to‘ldirish




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet283/416
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,3 Mb.
    #123984
    1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   416
    Bog'liq
    Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

    Yo‘l varaqalarini to‘ldirish 
    Yo‘l varaqalarining rekvizitlarini to‘ldirish ushbu ko‘rsatmalarga muvofiq 
    ketma-ket bajariladi va hamma avtotransport korxonalari va xo‘jalik tashkilotlari 
    uchun ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’inazar majburiydir. 
    Avtomobil qabul qilishni (chiqishda) va topshirishni (qaytishda) tasdiqlovchi 
    imzolardan tashqari hollarda haydovchining yo‘l varaqasini to‘ldirishda ishtirok 
    etishiga ruxsat etilmaydi. Yo‘l varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun javobgarlikni 
    avtokorxonalar rahbarlari, shuningdek, gaz avtomobillarini ishlatishga javobgar va 
    hujjatni to‘ldirishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z zimmalariga oladilar. Yo‘l varaqasi 
    haydovchiga berilguncha avtokorxona nozimi yoki buning uchun vakolatli shaxs 
    tomonidan quyidagi tartibda to‘ldiriladi: 
    Yo‘l varaqasining old tomonida hujjatning nomi tagida uning berilgan sanasi 
    (yil, oy, kun) yoziladi, bu berilgan yo‘l varaqasining sanasi nozimlik jurnalida qayd 
    etilgan sanaga mos kelishi kerak. «ish tartibi» qatorida ish tartibining kodi yoki nomi 
    yoziladi (ish kunlarida ishlash, xizmat safari, ish vaqtining umumiy hisoblash, ish 
    vaqtini har kun hisoblash, dam olish yoki bayram, shanbalik kunlari ishlash, jadval 
    bo‘yicha yoki jadvaldan tashqari ishlash va hokazo) va shunga ko‘ra haydovchiga ish 
    haqi yoziladi. «jamlanma, brigada» nomli qatorida avtomobil va haydovchi bo‘lgan 
    jamlanma va brigada bo‘yicha haydovchi va avtomobillarning ishini hisobga olish 
    uchun xizmat qiladigan jamlanma va brigadalarning raqamlari yoziladi. «avtomobil 


    527
    » nomli qatorida avtomobilning davlat raqami va rusumi, shuningdek, avtomobil 
    ishini avtomatlashgan usulda hisobga olish uchun garaj raqami yoziladi: 
    «haydovchi» nomli qatorida ushbu yo‘l varaqasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchining 
    familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari, guvohnomasining raqami va sinfi 
    yoziladi. «tabel raqami» qatorida haydovchining avtokorxonadagi raqami yoziladi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   416




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish