521
Akr – ro‘yxatdagi
avtomobillar kunlari soni; avtomobil transporti parkining
alohida bir kun uchun texnik tayyorgarligi koeffitsienti
shu kunda texnik tayyor
bo‘lgan avtomobillar sonini ro‘yxatdagi avtomobillar soniga nisbati bilan belgilanadi.
Bunda:
arr – texnik tayyor avtomobillar soni;
Ar – ro‘yxatdagi avtomobillar soni. Alohida bir avtomobilning ma’lum
muddatdagi texnik tayyorgarligi koeffitsienti esa avtomobilning
texnik jihatdan
tayyor bo‘lgan kunlari sonining kalendar kunlariga nisbati bilan aniqlanadi:
Bunda:
ktt – avtomobilning texnik jihatdan tayyor bo‘lgan kunlar soni;
Kk – kalendar kunlari soni. Texnik tayyorgarlik koeffitsientini oshirish quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish natijasida erishiladi:
– avtomobil transportiga o‘z vaqtida texnik xizmat va ta’mirlash
ishlarini
vaqtida sifatli o‘tkazish;
– ta’mirlashga ilg‘or agregat uslubini qo‘llash;
– smena oralig‘idagi ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish;
– avtomobil transportidan texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga amal qilib
foydalanish;
– hadovchilarning ularga berkitilgan avtomobil transportilarga
munosabatini
yaxshilash;
– parkning texnik tayyorgarligi korxona texnik bazasining holati va uning
ehtiyot qismlar,
materiallar, agregatlar
Bilan ta’minlanganligiga,
haydovchilar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi va
ta’mirlovchi ishchilarning malakasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat savollari
1.
Avtomobil transportidan foydalanish ko‘rsatkichlari qan- day
maqsadda o‘rnatiladi?
2.
Harakatlanuvchi qismning natijaviy ishini qaysi ko‘rsatkich- lar
ifodalaydi?
3.
Avtomobil transporti parki deganda nimanitushunasiz?