530
kelish va ketish vaqti, 19-ustunga ishning rejadagi soati va 20-ustunga rejadagi
qatnovlarning soni yoziladi.
4-v raqamli shakldagi yo‘l
varaqasida buyurtmachining
qirqib oladigan taloni bo‘lib, atk va ajning transport xizmatiga haq to‘lash uchun asos
sifatida taqdim etiladi.
Buyurtmaning qirqib olinadigan talonida haydovchi topshirgan yo‘l varaqasiga
asosan tegishli qatorlarga yo‘l varaqasining raqami va berilgan vaqti, harakatlanuvchi
tartkib, yuk tashuvchi avtokorxonaning nomi, kelgan
avtomobil va tirkamaning
rusumi haqida davlat raqami yoziladi.
«buyurtmachi» nomli qatorga avtomobildan
foydalanishga mas’ul bo‘lgan tashkilotning nomi,
mansabdor shaxsning ismi,
familiyasi va otasi ismining bosh harflari yoziladi.
«vaqt» nomli qatorda
avtomobilning buyurtmachiga kelgan va bu yerdan ketgan vaqti ko‘rsatiladi.
«spidometr» nomli qatorda avtomobilning buyurtmachiga kelgan va u yerdan ketgan
paytdagi «spidometr» ko‘rsatkichi yoziladi.
«1gh» ilovasi nomli qatorga
tth
raqamlari
yoziladi, uning bir nusxasi yo‘l varaqasiga ilova qilinadi va ularning
umumiy soni ko‘rsattiladi. Vaqtbay tarif bo‘yicha haq to‘lanadigan ish uchun
berilgan avtomobil yo‘l varaqasiga tth ilova avtomobil ishiga haq to‘lash
shaklini
o‘zgartirish uchun asos bo‘la olmaydi.
«qatnov soni» qatoriga bajarilgan
qatnovlarning umumiy soni yoziladi.
«buyurtmachining imzosi va shtampi» nomli
qatoriga yo‘l varaqasining tegishli qatoriga rekvizitlar to‘ldirishning to‘g‘ri
to‘ldirilganligini tasdiqlab, buyurtmachi imzo qo‘yadi va shtamp bosadi.