2
«
Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va
erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot
olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va
erkinligini o‘zida
mujassam
etgan
bo‘lib,
bu
O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo
etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi
hisoblanadi
»
1
.
Islom Karimov
KIRISH
Ma’lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va
harbiy salohiyatini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu
resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi.
Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or
axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda
amalga oshiriladi.
Axborotlashgan jamiyat tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot
dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon
kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda.
Hududiy joylashishidan qat’i nazar, kundalik hayotimizga turli
xildagi axborotlar Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib
keldi. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish,
ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan
himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot
texnologiyalari
va
axborot
tizimlarini
rivojlantirish
hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda
milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan
2
.
1
Каримов И.А.
Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада
чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш Концепцияси. – Т.,
2010.
2
Ўзбекистон Республикасининг «Ахборотлаштириш тўғрисида»ги қонуни