25
O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni
himoyalash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar.
Axborotni huquqiy himoya-
lash zaxira sifatida davlat va xalqaro miqyosda tan olingan hamda xalqaro shart-
noma, konvensiya va deklaratsiyalarda aniqlanadi. Davlat miqyosida axborotni
huquqiy himoyalash davlat va tashkilot hujjatlari orqali nazorat qilinadi.
Bizning mamlakatimizda bunday me’yoriy hujjatlarga Konstitutsiya,
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat qarorlari, fuqarolik, ma’muriy
va jinoyat kodekslarida keltirilgan tegishli moddalar kiradi. Tashkilot
me’yoriy hujjatlariga esa ushbu tashkilot doirasida amal qilinuvchi buyruq,
yo‘riqnoma, ko‘rsatma kabilar kiradi.
Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash sohasida me’yoriy
huquqiy hujjatlarni qabul qilish va amal qilishda tizimli ketma-ketlik.
Xavfsizlikni ta’minlash muammosi kompleks xarakterga ega. Uni hal
qilish uchun huquqiy hamda tashkiliy choralar va dasturiy-texnik
ta’minotni (identifikatsiya va autentifikatsiya; ruxsatni boshqarish;
protokollashtirish va audit; kriptografiya) birgalikda ko‘rish talab etiladi
(misol uchun, korxona boshqaruvi miqyosida uning kompyuter axborot
tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsizlik siyosatini
ishlab chiqish hamda kerakli resurslar talab etiladi).
–
bu huquqiy asosda axborotni muhofaza qilishni
ta’minlovchi maxsus huquqiy aktlar, qoidalar,
jarayonlar va tadbirlardir