19
Axborotni bo‘laklash
usuli axborotni bo‘laklarga bo‘lib, uning biror
qismi orqali to‘liq ma’lumot olib bo‘lmaslikni anglatadi. Bu usul harbiy
texnika va qurollanish vositalarini ishlab chiqarishda, shuningdek yangi
mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Sug‘urta qilish
– axborotni muhofaza qilish usuli sifatida endigina tan
olinmoqda. Uning ma’nosi axborot egasi huquqlari va manfaatlarini yoki
axborot vositalarini an’anaviy tahdidlar va axborot xavfsizligi
tahdidlaridan himoya qilishni bildiradi. Ushbu usul tijorat sirlarini
saqlashda ko‘proq qo‘llanilishi ehtimoli mavjud. Axborotni sug‘urta
qilishda u dastlab, auditorlik tekshiruvidan o‘tishi va xulosaga ega bo‘lishi
talab etiladi.
Axborotlarni ma’naviy-ma’rifiy himoyalash usuli
axborotni
muhofaza qilishda juda muhim rol o‘ynaydi. Aynan inson, u korxona
yoki tashkilot xodimi, maxfiy ma’lumotlardan voqif bo‘lib, o‘z
xotirasida ko‘plab ma’lumotlarni jamlaydi va ba’zi hollarda axborot
chiqib ketishi manbaiga aylanishi mumkin hamda uning aybi bilan
o‘zgalar ushbu axborotga noqonuniy ega bo‘ladilar. Axborotlarni
ma’naviy-ma’rifiy himoyalash usuli quyidagilarni nazarda tutadi:
– xodimni tarbiyalash, u bilan ma’lum sifatlarni, qarashlarni
shakllantirishga
yo‘naltirilgan
maxsus
ishlarni
olib
borish
(vatanparvarlik, axborotni muhofaza qilish uning shaxsan o‘zi uchun
ham qanday ahamiyat kasb etishini tushuntirish);
– xodimni axborotni muhofaza qilish qoidalari va usullariga
o‘rgatish, konfedensial axborot tashuvchilar bilan amaliy ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish.