33
kompleks rivojlangan himoya tizimini yaratish imkoniyatida, ruxsatsiz
foydalanishga urinishlarga mos munosabat bildirishda va himoyalash
amallarini bajarish usullaridan foydalanishning an’anaviyligida namoyon
bo‘ladi.
Niqoblovchi belgilarning ochilishi (demaskirovka belgilari)
deganda
obyektning boshqa obyektlardan biron-bir tavsifi bilan farq qiladigan
xususiyati tushuniladi. Farqlovchi tavsiflar son yoki sifatda baholanishi
mumkin.
Obyektning demaskirovka belgilari
– bu himoya obyektiga xos
xususiyat bo‘lib, undan texnik razvedka obyektni topishi yoki aniqlashi
hamda obyekt haqida kerakli ma’lumotlarni olish uchun foydalanilishi
mumkin. Axborotga egalik demaskirovka belgilarini tahlil etish orqali
amalga oshiriladi. Demak, bu belgilar axborotni o‘ziga xos chiqib ketish
kanali hisoblanadi. Demaskirovka belgilarni tarqatuvchilar bo‘lib
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu belgilar bilan bog‘liq bo‘lgan fizik maydonlar
hisoblanadi.