38
Vizual-optik kanallar
– bu bevosita yoki uzoqdan (jumladan
televizion) kuzatishdir. Ma’lumot tashuvchi bo‘lib, konfedensial ma’lumot
manbasi chiqaradigan yoki undan qaytuvchi Ko‘rinadigan, infraqizil va
ultrafiolet diapazondagi yorug‘lik xizmat qiladi.
Akustik kanallar.
Inson uchun ma’lumotlarni eshitish qobiliyati
ko‘rishdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shu sababli ma’lumot chiqib
ketishi kanalining eng ko‘p tarqalgani akustik kanal hisoblanadi. Akustik
kanalda ma’lumot tashuvchilarga ultra (20000 Gs dan yuqori), eshitish va
infratovush diapazondagi to‘lqinlar kiradi. Inson eshitadigan tovush
chastotasi 16 dan 20000 Gs gacha va inson gapirgandagi 100 dan 6000
Gs gacha bo‘ladi.
Havoda akustik to‘lqin tarqalganda havo zarralari tebranadi va buning
natijasida biridan-biriga energiya uzatiladi. Agar tovush yo‘lida to‘siq
bo‘lmasa, u hamma tomonga birday tarqaladi. Agar tovush to‘lqinlari
yo‘lida devor, oyna, eshik, tom va kabi boshqa to‘siqlar bo‘lsa, tovush
to‘lqini ularga ma’lum darajada bosim beradi hamda ularni ham
tebrantiradi. Tovush to‘lqinlarining bunday ta’siri akustik ma’lumot chiqib
ketishi kanalining paydo bo‘lishiga asosiy sabab bo‘ladi.
Muhitga qarab tovush to‘lqinlarining tarqalishi farq qiladi. Bu
tovushning havo bo‘shlig‘ida to‘g‘ri tarqalishi, qattiq muhitda (tarkibiy
tovush) tarqalishidir. Bundan tashqari, tovushning bino va imoratlarga
bosim bilan ta’siri qilishi ularning tebranishiga sabab bo‘ladi.