31
II. AXBOROTLARNI TEXNIK HIMOYALASH
2.1. Texnik vositalar bilan himoyalanadigan axborotlarning turlari.
2.2. Axborot chiqib ketish texnik kanallarining tasnifi va tarkibi.
2.3. Obyektlarni kuzatish, signallarni eshitish va tutib olishning asosiy
usul va tamoyillari.
2.4. Axborotlarni injener-texnik himoyalash.
Hozirgi kunda ma’lumotlarni texnik himoyalash masalasi dolzarb
vazifalardan biriga aylangan.
Ma’lumotlarni himoyalashning
texnik vositalariga mexanik, elektro-
mexanik,
elektron-mexanik, optik, akustik, lazer, radio, radiolokatsion va
boshqa qurilmalar hamda himoyalanadigan obyektga borish yo‘lini
to‘sishga mo‘ljallangan tizim va binolar kiradi.
Ma’lumotlar va obyektlarni himoyalash
uchun murakkab va
takomillashgan usullaridan foydalaniladi.
Tashkilotlardagi ma’lumotlarni elektron qayta ishlash markazlari
kuchli elektromagnit nur manbai bo‘lgan obyektlardan uzoqda joylashgan
bo‘lishi va atrofi devor bilan o‘ralishi kerak.
Nazorat zonasini kuzatish
televizion, radiolokatsiyali, lazerli, optik,
akustik va boshqa umumiy
pultga ulangan tizim orqali amalga oshirilishi mumkin.
Axborot xavfsizligi muammosi tashkiliy chora-tadbirlar va talablar,
axborot tizimlaridan foydalanish va loyihalash bosqichlarida hal qilinadi.
Ular orasida himoyalanayotgan axborot
tizimi joylashgan obyektni
qo‘riqlash muhim o‘rinni egallaydi. Bunda hisoblash texnika vositalaridagi
ma’lumotlarni o‘g‘irlashni oldini oladigan va qiyinlashtiradigan,
axborot
tashuvchilar, shuningdek aloqa liniyalaridan va axborot tizimidan ruxsat
berilmagan foydalanishni man etadigan tegishli qo‘riqlash postlari, texnik
vositalar o‘rnatiladi.