45
Yashirincha eshitish
– razvedka va sanoat ayg‘oqchiligini olib borish
usuli bo‘lib, ayg‘oqchilar, kuzatuvchilar, pinhona eshitishning maxsus
postlari, barcha razvedka bo‘linmalari tomonidan qo‘lla niladi. Aloqaning
texnik vositalari orqali uzatiladigan so‘zlashuvlar va xabarlarni ham
yashirincha eshitish amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, eshitish bevosita bo‘lishi mumkin, ya’ni gapiruvchining
akustik tebranishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bino va inshoatlarning
elementlari orqali eshituvchiga yetib boradi.
Ammo turli texnik vositalar: mikrofonlar, lazerlar, radiozakladka,
yuqori chastotali tebranishlardan foydalanib so‘zlashuvlarni eshitish keng
tarqalgan.