58
uchta bosqichga
ajratish mumkin.
Birinchi bosqich
– kriptologiyani fan
sifatidan e’tirof etilmagan davri, tor doiradagi qiziquvchilarga xos faoliyat
turi bo‘lgan.
Ikkinchi bosqich
1949-yildan boshlanib, K.Shenonning
«
Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi
» nomli risolaning chop etilishi bilan
bog‘lanadi. Bu risolada shifrlashning fundamental ilmiy tadqiqoti va uning
mustahkamligi yoritib berilgan. Bu kitobning chop etilishi kriptologiya
amaliy matematikaning tarkibiy qismi sifatida shakllanishiga asos bo‘ldi.
Va,
nihoyat
3-bosqich
1976-yilda U.Diffi va M.Xellman tomonidan
«
Kriptografiyaning yangi yo‘nalishlari
» nomli asarning chop etilishi bilan
belgilanadi. Unda maxfiy aloqa, yopiq
kalitni avvaldan bermasdan ham,
amalga oshirish mumkinligi bayon etilgan. Ushbu sanadan boshlab to
hozirgi kungacha an’anaviy klassik kriptografiya bilan bir qatorda ochiq
kalitli kriptografiyaning intensiv rivojlanishi davom etmoqda.
Bir necha asrlar davomida yozuvning paydo bo‘lishini o‘zi
axborotni
himoyalash sifatida e’tirof etilar edi, chunki yozuvni hamma ham
tushunmas edi.
Eramizdan oldingi XX asr.
Mesopatamiyada o‘tkazilgan
qazilmalar
vaqtida eng qadimiy shifrlangan matnlar topilgan. Loydan yasalgan
taxtachaga qoziqchalar bilan yozilgan matn hunarmandlarning sopol
buyumlarini qoplash uchun tayyorlanadigan bo‘yoqning retsepti bo‘lib, u
tijorat siri hisoblangan. Qadimgi misrliklarning diniy yozuvlari va tibbiyot
retseptlari ham ma’lum.