60
mustahkam shifrlaridan biri shu tizim asosida yaratilgan. Panjaralar
chizilgan karton bo‘lagida ixtiyoriy tartibda nomerlangan teshikchalar
qilingan. Shifrlangan matnni hosil qilish uchun, karton bo‘lagini qog‘ozni
ustiga qo‘yib, kartonning teshiklari bo‘lgan joylariga tanlangan tartibda
harflar yozib chiqilgan. Karton olib tashlangandan so‘ng, yozilgan
harflarning oralari psevdomazmunli jumlalar bilan to‘ldirilgan, shu orqali
shifrlangan xabar yaratilgan. Agar harflar orasidagi masofalar katta bo‘lib,
so‘zlar uzunligi kichik bo‘lsa (masalan ingliz tilidagi so‘zlar), yashirish
oson amalga oshirilgan.
XVI asr
. Almashtirish shifrlari matematik Djovanni Batista Port va
diplomat Bleza de Vijiner ishlarida o‘z rivojini topdi. Vijiner tizimi u yoki
bu ko‘rinishda hozirgi paytda ham qo‘lla nilmoqda.