61
shifrlash usullari ishlab chiqilgan va ularni qo‘lla shning nazariy va amaliy
asoslari yaratilgan.
Axborot tizimlarida kriptografik usullar keng qo‘lla nilmoqda. Chunki
kompyuter tarmoqlari, jumladan Internet jadal rivojlanmoqda.
Tarmoq
orqali davlat, harbiy, tijorat va xususiy tasnifga ega katta hajmdagi
ma’lumotlar uzatilmoqda. Bu ma’lumotlarga begona shaxslarning kirishi
mumkin emas. Shu bilan birga, yuqori quvvatli kompyuterlarning, tarmoq
va neyron hisoblash texnologiyalarining paydo bo‘lishi avval o‘ta
mustahkam, amalda yechimi yo‘q deb hisoblangan kriptografik tizimlarni
obro‘sizlantirdi. Bu esa zamonaviy kriptografik usullardan foydalanish
o‘ta dolzarb ekanligini anglatadi.
Zamonaviy kriptografiya axborot xavfsizligining
konfedensiallik
,
butunlik
,
autentifikatsiya
va
tomonlarning mualliflikni inkor etolmasliklari
muammolarini hal etuvchi bilim sohasi hisoblanadi.
Konfedensiallikni
ta’minlash deganda axborot bilan tanishish huquqi
bo‘lmagan shaxslardan bu axborotni himoyalash tushuniladi.
Raqib tomonidan nazoratda bo‘lgan aloqa kanali orqali uzatiladigan
xabarning konfedensialligini ta’minlash muammosi kriptografiyaning
an’anaviy masalalaridan hisoblanadi.
Oddiy holda bu muammo uchta
subyekt (tomonlar)ning o‘zaro munosabati sifatida bayon etiladi. Axborot
egasi (jo‘natuvchi), raqibdan himoya qilish maqsadida, ochiq kanal orqali
qabul qiluvchiga yuborilayotgan ochiq ma’lumotni o‘zgartiradi, ya’ni
shifrlaydi.
Uzatilayotgan xabar ma’nosi bilan tanishish huquqi yo‘q subyekt
raqibni anglatadi. Deshifrlash bilan shug‘ullanuvchi kriptotahlilchi ham
raqib sifatida qaralishi mumkin. Olingan xabarni haqiqiy qabul qiluvchi
deshifrlaydi
. Raqib esa himoyalangan xabarga egalik qilmoqchi bo‘ladi,
uning harakati
hujum
hisoblanadi. Hujum
faol
yoki
sust
bo‘lishi mumkin.
Sust
hujum yashirin eshitish, trafikni tahlil qilish, shifrlangan xabarni
qo‘lga kiritish,
deshifrovka qilish
, ya’ni himoyani «sindirish»ga qaratilgan
62
harakatlar hisoblanadi.
Faol
hujumda raqib xabarni uzatish jarayonini
to‘xtatib qo‘yishi, qalbaki xabarlar yuborishi
yoki shifrlab uzatilayotgan
xabarni modifikatsiya qilishi mumkin. Bu faol harakatlar mos ravishda
imitatsiya qilishga va almashtirib qo‘yishga urinish hisoblanadi.
Kalit
shifrlashning asosiy elementi bo‘lib, berilgan xabarni
shifrlashdagi almashtirishlar u orqali amalga oshiriladi. Odatda, kalit harf
va sonlarning biror-bir ketma-ketligidan iborat bo‘ladi.
Har bir almashtirish kalit bilan bir qiymatli aniqlanadi va biror
kriptografik algoritm orqali amalga oshiriladi. Shifrlashda bir kriptografik
algoritm har xil rejimlarda qo‘lla nishi mumkin. Shu tarzda har xil
shifrlash usullari (oddiy almashtirish, gammalash va boshqalar) amalga
oshiriladi. Har bir rejimning afzallik va kamchilik tomonlari mavjud.
Shuning uchun rejimni tanlash konkret holatga bog‘liq. Deshifrlashdagi
kriptografik algoritm, umumiy holda, shifrlashdagi algoritmdan farq qilishi
mumkin. Bu holatda shifrlashdagi va deshifrovka
qilishdagi kalitlar ham
mos tushmasligi mumkin. Shifrlovchi va deshifrovka qiluvchi algoritmlar
juftligini kriptotizim, bu algoritmlarni amalga oshiruvchi qurilmani
shifrovchi texnika deyiladi.
Barcha holatlarga mos yagona shifr yo‘q. Shifrlash usulini, ya’ni
kriptografik algoritm va undan foydalanish rejimini tanlash uzatilayotgan
axborotning xususiyatiga (qiymatiga, hajmiga, tasvirlash usuliga, zaruriy
uzatish tezligiga va boshqalar) hamda axborot egasining axborotni himoya
qilish imkoniyatiga (qo‘llanilayotgan texnik vositalarining narxiga, qo‘lla
shining
qulayligiga, ishlashining ishonchligiga va boshqalar) bog‘liq.
Himoyalanadigan axborot turli-tuman shakllarga (matnli, tovushli, rasmli
va boshqalar) ega bo‘lishi mumkin. Har bir shaklning o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud bo‘lib, shifrlash usulini tanlashda uni inobatga olish
kerak. Shifrlangan axborotning hajmi, uni talab etilgan tezlikda
uzatish
hamda aloqa kanalining har xil xalaqit beruvchi shovqinlardan
himoyalanganligi katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi kriptografik
algoritmni tanlashda va himoyalangan aloqani tashkil etishda muhim rol
o‘ynaydi.
Butunlikni
ta’minlash deganda axborotni ruxsatsiz o‘zgartirib
bo‘lmasligining kafolati tushuniladi. Butunlikni
kafolatlash uchun
ma’lumotlar bo‘yicha biron-bir o‘zgartirishlarni amalga oshirishni
aniqlaydigan sodda va ishonchli mezon bo‘lishi kerak. Bu o‘zgartirishlar
matnni o‘chirish, almashtirish, yangisini qo‘yish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Autentifikatsiyalashni
ta’minlash axborotli o‘zaro munosabat
jarayonida axborotning o‘zini va tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlash
63
usullarini ishlab chiqishni anglatadi. Aloqa kanali orqali uzatilayotgan
axborot manbasi, yaratilgan sanasi, tashkil etuvchi ma’lumotlari, uzatish
sanasi va shu kabilar bilan auditenfikatsiya qilinishi kerak.
Mualliflikni inkor etolmaslikni
ta’minlash bu subyektlar tomonidan
amalga oshirilgan harakatlarni tan olmaslik holati mumkinligini oldini
oladi.
Kriptografik faoliyatning tasnifi. ko‘p
gina kriptografik himoya
usullarini qo‘lla shda biror-bir axborot almashish zaruriyati vujudga
keladi. Masalan, axborot-telekommunikatsiya tizimi obyektlarini
auditentifikatsiya qilish identifikatsiyalovchi va autentifikatsiyalovchi
axborotlar almashinuvi orqali amalga oshadi.
Umumiy holda, bunday
tizimlar obyektlari (subyektlari)ning o‘zaro munosabati ma’lum bir
kelishuvlar (
protokollar
)ga rioya etilgan holda bo‘ladi. Obyekt
(subyekt)larning ma’lum bir maqsadga erishish uchun ketma-ket
bajaradigan amalini formal jihatdan protokol deyish mumkin. qo‘yilgan
maqsad protokolning tuzilishini va qo‘lla sh xususiyatini belgilaydi.
Kriptologiya ikki yo‘nalishdan: kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Kriptotahlil kriptografiyaga teskari bo‘lib, unda kalitni bilmasdan turib
axborotni deshifrlash amalga oshiriladi.