77
algoritmi kirish matnidan bir xil uzunlikda natija chiqaradi.
Bunda
uzunlik deganda, ikkilik sanoq tizimida berilgan ifodadagi bitlar soni
nazarda tutiladi. Masalan, kirish matni «AKT lug‘ati» bo‘lsa va xesh-
funksiya qiymati «10110111010100101»ga teng chiqsa,
xesh-funksiya
qiymati uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. Chiqish uzunligi 128, 192, 256 bit
bo‘lgan xesh-funksiyalar ham mavjud. Xesh-funksiya samarali bo‘lishi
uchun kirish xabari uchun natija noyob bo‘lishi lozim. Odatda, xesh-
funksiyalar bir tomonli funksiyalardir. Chunki, chiqish qiymati asosida
dastlabki matnni hisoblab topish juda qiyin. Xesh-funksiyalar axborot
uzatish va saqlashda uning xavfsizligini muhofaza qilish uchun
qo‘llaniladi.
Elektron raqamli imzo va ochiq kalitlar strukturasi.
Elektron raqamli
imzoni qo‘llashdan maqsad, birinchidan elektron
hujjatdagi axborot asl
nusxa ekanligini tasdiqlash, ikkinchidan uchinchi tarafga (arbitr, sudga va
boshqalarga) hujjatni muallifi ushbu shaxs ekanligini isbotlash. Ushbu
maqsadga erishish uchun muallif o‘zining maxfiy individual raqami
(individual kalit, parol) bilan hujjatga o‘rnatilgan tartibda «elektron imzo
qo‘yish» jarayonini bajarishi lozim. Bunday imzo qo‘yishda, har gal
individual kalit elektron hujjatdagi ma’lumotlar bilan ma’lum
qoidaga
muvofiq aralashib ketadi. Bunday biriktirilish natijasida hosil bo‘lgan
raqam (ma’lum razrad uzunligidagi raqamlar ketma-ketligi) ushbu
hujjatga muallif tomonidan qo‘yilgan elektron raqamli imzo hisoblanadi.
Shunday qilib, elektron raqamli imzo qo‘yish va uni tekshirish
protsedurasining har birida ishlatiladigan ikkita kalitdan bittasi
foydalaniladi. Lekin bunda imzo qo‘yish
kalitini tekshirish kaliti
yordamida aniqlash imkoniyati umuman mumkin emasligi kafolatlangan
bo‘lishi kerak. Hozirda taklif etilgan usullarda, amalda imzo qo‘yish
kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti yordamida (ochiq kalit) qayta tiklash
uchun uzoq davom etadigan murakkab hisoblash ishlarini bajarish
lozimligi nazarda tutiladi.
Elektron imzo g‘oyasi birinchi marta
Diffi va Xellman asarida
hujjatning asl nusxa ekanligini va muallif tomonidan imzolanganligini
aniqlash uchun taklif etilgan.
Hozirgi paytda raqamli imzo keng qo‘llanilmoqda (uzatiladigan yoki
saqlanadigan shifrlangan matnga biriktirilgan raqam, bu axborotning
butunligini va muallifni haqiqiyligini
tekshirish imkoniyatini
kafolatlaydi). Simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan raqamli imzo
modellari ham mavjud.