79
IV. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING
APPARAT-DASTURIY VOSITALARI
4.1. Asosiy tushunchalar. Foydalanish huquqini cheklashning usul va
vositalari.
4.2. Dasturlarni o‘zgartirishlardan himoyalash va butunlikning
nazorati.
4.3. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida axborot xavfsizligining
apparat-dasturiy vositalari.
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari
– axborotni
muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va
autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni
qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan
(mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar
va maxsus dasturlardir.
Axborotni muhofaza qilishning
apparat vositasi
– bu, maxsus himoya
qurilmasi yoki axborotni qayta ishlash texnik
vositasining komplektiga
kiruvchi moslama.
Axborotlarni muhofaza qilishning
dasturiy vositalari
axborotlar
xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining
dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgar-
tirishlardan
himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta
ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ushbu xavfga yetarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari
uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha
kompyuterlarning va tarmoq
qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-
bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni
obro‘sizlantirishi mumkin.
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib
chiqayotgan tahdidlarni
blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (