88
Birinchi qoida –
qonuniy rasmiy yo‘l bilan olingan dasturiy
mahsulotlardan foydalanish. Dasturiy ta’minotning qaroqchilik yo‘li bilan
ko‘paytirilgan nusxalarida, rasmiy yo‘l bilan olinganlariga nisbatan
viruslarning mavjudlik ehtimoli juda yuqori.
Ikkinchi qoida
– axborotlar zaxirasini hosil qilish. Avvalo dasturiy
ta’minotning distributivlari yozilgan tashuvchilarni saqlash zarur. Bunda
tashuvchilarga ma’lumotlarni yozish imkoni berilgan bo‘lsa, imkon qadar
uni blokirovka qilish zarur. Ishga taalluqli ma’lumotlarni saqlanishiga
jiddiy yondashishi zarur. Muntazam ishga taalluqli fayllarning zaxira
nusxalarini yaratib borish va ularni yozishdan himoyalangan yechib
olinuvchi tashuvchilarda saqlash kerak. Agar bunday nusxalar yechib
olinmaydigan tashuvchilarda yaratilayotgan bo‘lsa, ularni butunlay boshqa
kompyuterning doimiy xotirasida yaratish maqsadga muvofiq. Bunda yoki
faylning to‘liq nusxasi yoki kiritilayotgan o‘zgarishlarning nusxalari
saqlanadi.