92
Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini
himoyalash vositalarini yaratishda, ushbu vositalarning nafaqat OT bilan,
balki MBBT bilan birgalikda ishlay olishini hisobga olish kerak.
Zamonaviy ma’lumotlar bazasida ma’lumotlardan foydalanishga
ruxsat berishni cheklash, ma’lumotlarning fizik butunligini va mantiqiy
saqlanganlik masalasi yetarli darajada muvaffaqiyatli hal etilgan. Hozirda
foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlar bazasi yozuvlaridan va yozuv
maydonlaridan foydalanishga ruxsatni cheklash algoritmlaridan unumli
foydalanilmoqda, ushbu himoyani jinoyatchi zararlovchi dasturlarni joriy
etish yoki foydalanuvchi huquqlarini qalbakilashtirish yordamida yengib
o‘tishi mumkin. Ma’lumotlar bazasi faylidan va bazaning qismlaridan
foydalanishga ruxsat berish MBBT tomonidan, foydalanuvchining
huquqlarini belgilab berish va ruxsat berilishi kerak bo‘lgan obyektlardan
foydalanishga ruxsat berish huquqlarini nazorat qilish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Foydalanuvchi
huquqlari
MBBT
administratori
tomonidan
belgilanadi. Odatda, foydalanuvchining standart identifikatori bo‘lib,
shifrlangan ko‘rinishda uzatiladigan parol hisoblanadi. Taqsimlangan
KTda foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash jarayoni, masofaviy
jarayonlarni o‘zaro autentifikatsiyalash kabi maxsus protsedura bilan
to‘ldiriladi.