97
– «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun;
– «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun;
– «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
– Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik
va xo‘jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.
Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon
beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik
taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va
vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan zararni jiddiy
kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat
tizimida ko‘zlangan maqsad bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi
vazifalarni bajarish kerak:
– yagona texnik siyosatni o‘tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va
boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni
muvofiqlash va tashkil etish;
– razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‘lga kiritishni
jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‘l qo‘ymaslik;
– axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
– axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ularning
samaradorligini nazorat qilish kuchlarini tashkil etish;
– davlat idoralari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holatini
nazorat qilish;
– axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil
qilish, asosiy muammolarni aniqlash;
– axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‘nalishlarini
aniqlash;
– axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni me’yoriy-metodik va
axboriy ta’minlash.