101
Axborotni muhofaza qilishsh sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
tizimining me’yoriy-xuquqiy bazasini
quyidagilar tashkil qiladi:
– O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil-17 iyuldagi 102-sonli
qonuni
1
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda
qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan
faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 222-II-sonli qarorining 1-
ilovasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi
«O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik
muhofaza qilishni
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 614-sonli qarori
2
bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza
qilish to‘g‘risidagi Nizom;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-
noyabrdagi 242-sonli qarori
3
bilan tasdiqlangan «Axborotning kriptografik
himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish,
realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-noyabr
kunidagi
«Axborotlashtirish
sohasida
normativ-huquqiy
bazani
takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli qarori
4
bilan tasdiqlangan
«Davlat organlarining axborot tizimini yaratish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom»ning IV bo‘lim 24 bandiga muvofiq davlat idoralarining axborot
tizimida qo‘llaniladigan axborotni himoyalash dasturiy-texnik vositalari
litsenziyalangan va sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Maxsulotni
sertifikatlashtirish
O‘zbekiston
Respublikasining
mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatsiyalashning Milliy tizimi (SMT)
asosida amalga oshiriladi.
SMT faoliyatini reglamentatsiya qiluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy akt
bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabr kunidagi
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi 1006-XII
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2007. – №29-
30. – 295-м.
2
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2007. – №14.
– 140-м.
3
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2007. – №46-
47. – 471-м.
4
Ўзбекистон Республикасининг қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2005.
– №47-48. – 355-м.; 2011. –№ 45-46. – 472-м.
102
sonli qonuni
1
hisoblanadi.
Ushbu qonunning 1-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar
keltirilgan:
sertifikatlashtirish milliy tizimi
– davlat miqyosida amal qiladigan,
sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega
bo‘lgan tizim;
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish
(matnda
bundan
keyin
sertifikatlashtirish
deb yuritiladi) – mahsulotlarning belgilangan talablarga
muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
muvofiqlik sertifikati
– sertifikatlangan mahsulotning belgilangan
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun
sertifikatlashtirish tizimi
qoidalariga binoan berilgan hujjat;
muvofiqlik belgisi
– muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga
yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga
yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda
ro‘yxatga olingan belgi.
Sertifikatlashtirish (2-modda):
– odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulki hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan
mahsulotlar realizatsiya
qilinishini nazorat etib borish;
– mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
– mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro
miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-
sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
– iste’molchini
tayyorlovchining
(sotuvchining,
ijrochining)
vijdonsizligidan himoya qilish;
– mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat
ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari (5-modda):
– O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
agentligi;
– bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditasiya qilingan
idoralar;
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. – 1994.
– №2. – 50-м.; Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси.
– Т., 2000. – №7-8. – 217-м.; 2003. –№5. – 67-м.; Ўзбекистон Республикаси
қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2006. – №14. – 113-м.; 2006. – №41. – 405-м.
103
– sinov laboratoriyalari (markazlari).
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
agentligi
(«O‘zstandart»)
O‘zbekiston
Respublikasining
milliy
sertifikatlashtirish organidir.
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy
mahsulotlar),
xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish
obyektlari hisoblanadi (6-modda).
Sertifikatlashtirish subyektlari – yuridik shaxslar SMT doirasida
sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning
sertifikatlashtirish tizimlari «O‘zstandart» agentligi belgilagan tartibda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
SMTda mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlashtirishning umumiy tartibi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy sertifikatlashtirilishi
lozim bo‘lgan mahsulotlar nomlari «Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim
bo‘lgan mahsulot turlari ro‘yxati»da (O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2008-yil 7-may 90-sonli
1
va 2011-yil 28-aprel 122-sonli
1
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2008. – №19.
– 161-м.