Sertifikatlashtirish subyektlari Sertifikatlashtirish
uchun mahsulotlarni
tаyyorlaydilar vа
sertifikatlashtirish
idorasiga tаlаbnоmа
bilan birgalikda
taqdim etadilar
Akkreditlangan sertifikatlashtirish idorasi Таnlangan
sertifikatlashtirish
sxemasiga аsоsаn
mahsulotlarni
sertifikatlashtirish
vа tаlаbnоmаni
ko‘rib chiqishni
tashkillashtiradi.
Sertifikat beradi.
«O‘zstandart» Sertifikatlashtirish milliy idorasi Sertifikatlashtirish
sohasida davlat
siyosatini аmalgа
oshiradi, sertifikatsiya
o‘tkazish bo‘yicha
umumiy qoidalarni
belgilab beradi. Bir
turdagi mahsulotlarni
vа sinov
lаbоrаtоriyalаrni
sertifikatlashtirish
bo‘yicha idoralarni
akkreditasiya qiladi.
Sinov lаbоrаtоriyalаri (mаrkаzlаri) Аniq mahsulotlarning sinovini
аmаlgа оshiradi vа
sertifikatlashtirish maqsadi
uchun protokollarni beradi.
104
qarorlari) keltirilgan.
Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi Hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib kompyuter
jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internet-
firibgarlikdan tortib to bolalar pornografiyasi va elektron-josuslik
(ayg‘oqchilik), hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli
harakatlarni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash
siyosati orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o‘sishiga
jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin.
Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisoblanadi.
Chunki hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa
kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega
bo‘lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi
keltirilgan bosma nashrlar erkin tarqatiladi (misol uchun yoshlar orasida
ommalashgan «Xaker» va «Spetsxaker» jurnallarini keltirish mumkin).
Hozirgi kunda ixtiyoriy o‘spirin arzimagan pulga axborot tizimlariga
hujum qilishning elementar usullarini o‘rgatuvchi kitobni sotib olishi
mumkin. Kitobda bayon etilgan usullarni o‘zlashtirgan bunday o‘spirin
kompyuter tizimlari xavfsizligiga tahdid soluvchiga aylanishi mumkin.
Internetda kompyuter buzg‘unchiligini o‘rgatuvchi ko‘plab saytlar mavjud.
Internet tarmog‘ida kompyuter jinoyatchiligini sodir etish bo‘yicha malaka
almashishga imkon beruvchi forumlar, virtual konferensiyalar o‘tkaziladi.
Shunday qilib, kompyuter jinoyatchilari o‘z malakasini oshirish ustida faol
ish olib borishadi, o‘z qatoriga o‘sayotgan avlodlarni jalb qilib, ularni
o‘qitishadi. Bularning barchasi deyarli legal (ochiq) ravishda amalga
oshirilmoqda. Bu holatlar dolzarb va muhim bo‘lgan yana bir masalani
yechishni – jinoyat olamiga yoshlarning kirishiga qarshi kurashish va
yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali usullarini
yaratish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Kompyuter jinoyatchiligini sodir etishga qarshi immunitetni hosil
qiluvchi yuqori axloq-odobni shakllantirish bilan uyg‘unlashgan
zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rgatuvchi ta’lim-tarbiyaning
usullarini yaratish ta’limning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2011. – №18.
– 178-м.
105
sohasida kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash
mumkin: nazariy bilimlar darajasi xalqaro darajaga yaqinlashishi kerak;
mahalliy sharoitlarda ish yuritishning amaliy ko‘nikmalarini olishga
yo‘naltirish kerak; asosiy e’tibor xavfsizlikni ta’minlash masalalariga
qaratilishi kerak.
Axborot xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish
eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunda kadrlar
tayyorlashning barcha sathlarini qamrab olish («vertikal» bo‘yicha) hamda
gumanitar sohada va tabiiy-ilmiy, texnik va gumanitar yo‘nalishlar
tutashgan joylarda axborot xavfsizligi muammosi hal etish («gorizontal»
bo‘yicha) zarur. Birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda
va sudlarda kompyuter sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish
bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2002-yil
7-noyabr 385-sonli qaroriga
1
muvofiq bu universitet respublikaning aloqa
va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi
hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
«Milliy
axborot-
kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash
borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2005-yil 5-
sentabr
167-sonli
qaroriga
muvofiq
kompyuter
va
axborot
texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi «O‘zinfokom»
huzurida «Kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati» tashkil etilgan.
Ushbu Xizmatning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
– kompyuter xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajribani o‘rganish va
umumlashtirish asosida axborot tizimlariga noqonuniy kirish harakatlarini
oldini olishni ta’minlovchi effektiv dasturiy-apparatli vositalarni qo‘llash
bo‘yicha milliy foydalanuvchilarga tavsiyalar ishlab chiqish, ularga
konsultativ xizmatlar va texnik yordam berish;
– ehtimoliy xavfni baholash, axborot tizimlarida va davlat korxona hamda
tashkilotlarda kompyuter xavfsizligi holati bo‘yicha milliy foydalanuvchilarga
konsultativ xizmatlar va texnik yordam berish, insident oqibati va sabablarini
tahlil qilishda ko‘maklashish, kompyuter tizimlarini himoyalash uchun
mexanizmlarni qidirish;
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2002. – №21.
– 169-м.; 2003. – №4. – 42-м.
106
– kompyuter tizimini xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha
milliy axborot tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi davlat korxonalari,
operatorlar va provayderlar mutaxassislari uchun o‘qitish va trening
mashg‘ulotlarini o‘tkazishni tashkil etish.