Buyuk Britaniyadagi axborotni himoyalash tizimi.
Buyuk Britaniyada
axborot xavfsizligini ta’minlash davlat tizimini yaratishda axborot urushi
dushmanning axborot tizimiga ta’sir etuvchi va bir vaqtda mamlakatning
shaxsiy tizimlarini himoyalovchi harakatlar deb qaraladi.
Buyuk Britaniyaning Razvedka va xavfsizlik bo‘yicha parlament
komiteti Britaniya maxsus xizmatlari ustidan nazorat idorasi sifatida 1994-
yilda tashkil etilgan. Bu komitet «Razvedka xizmatlari to‘g‘risida»gi
qonunga muvofiq uchta maxsus xizmat: Maxfiy xizmat (MI5), SIS
razvedkasi va Hukumat aloqa markazi tomonidan budjet mablag‘larining
sarflanishini, bu xizmatlarning boshqarilishini va ularning olib borayotgan
siyosatini nazorat qilish uchun tuzilgan.
Secret Intelligence Service/MI6 – Buyuk Britaniyaning asosiy
109
razvedka xizmati. SIS Tashqi ishlar vazirligi (TIV) tizimiga kiritilgan
bo‘lib xorijda 87 ta qarorgohga va Londonda shtab-kvartiraga ega. SISni
Bosh direktor boshqaradi va u bir vaqtning o‘zida Tashqi ishlar vazirining
o‘rinbosari ham hisoblanadi. Shunday qilib, formal ravishda SIS Buyuk
Britaniyaning TIV nazorati ostida hisoblanadi, biroq, shu bilan birga u
to‘g‘ridan-to‘g‘ri premyer-ministrga chiqishi mumkin.
Kontrrazvedka xizmati – Military Intelligence-5 (MI-5) 1909-yilda
ichki xavfsizlikni ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi maxfiy xizmatlar
Byurosining ichki departamenti sifatida tuzilgan.
Hukumat aloqa markazi Buyuk Britaniyaning maxsus xizmatlar tizimida
radioayg‘oqchilik uchun javob beradi. Markaz TIV tarkibiga kiritilgan bo‘lib,
xodimlarining soni va axborotni topish hajmi bo‘yicha mamlakatning yirik
idoralaridan biri hisoblanadi.
Germaniyaning axborotni himoyalash tizimi.
Axborot oqimlarining
xavfsizligini ta’minlashga mas’ul koordinatsiyalovchi hukumat idorasi
bo‘lib 1991-yilda tashkil etilgan Federal xavfsizlik xizmati (BSI)
hisoblanadi. Bu xizmat axborot texnikasi sohasidagi xavfsizlikni
ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda BSI faoliyatining umumiy konsepsiyasi
NATO va YES bilan yaqin hamkorlikda quyidagi funksiyalarni
bajarilishini ko‘zda tutadi:
– axborot texnologiyalarni joriy etishdagi ehtimoliy xavfni
baholash;
– milliy kommutatsiya tizimlarining himoyalash darajasini
baholash uchun mezonlar, usullar va sinov vositalarini ishlab chiqish;
– axborot tizimlarining himoyalanish darajasini tekshirish va
muvofiqlik sertifikatlarini berish;
– muhim davlat obyektlariga axborot tizimlarini joriy etish uchun
ruxsatnoma berish;
– davlat idoralari, politsiya va boshqa idoralarda axborot
almashinishda maxsus xavfsizlik choralarini amalga oshirish;
– sanoat vakillariga maslahatlar berish.
Xavfsizlikni ta’minlovchi boshqa davlat idoralari:
– Germaniyaning federal razvedka xizmati (Bundesnachrichten-dienst
/BND/). BND federal kansler boshqarmasiga bo‘ysunadigan bo‘linma
hisoblanadi. BNDning shtat tarkibi 7000 kishidan ziyodni tashkil etadi,
ulardan 2000ga yaqini bevosita xorijda razvedka ma’lumotlarini yig‘ish
bilan band. Xodimlar orasida taxminan 70 ta turli soha vakillari: harbiy
xizmatchilar, huquqshunoslar, tarixchilar, muhandislar va texnik
mutaxassislar mavjud.
110
– Konstitutsiyani himoyalash federal byurosi (Verfassungsschutz
/BfV/). Ushbu byuro BND va BSI bilan bir qatorda mamlakatning uchta
maxsus xizmatlaridan biri hisoblanadi va u Germaniyaning ichki ishlar
vazirligiga bo‘ysunadi. Barcha federal yerlarda mahalliy ichki ishlar
vazirligiga bo‘ysunadigan o‘zining mos xizmatlari mavjud. Har yili
to‘plangan axborotlar asosida Konstitutsiyaga rioya etilganligi
doirasidagi ish holati haqida hukumatga hisobot taqdim etiladi, unda
xulosalar va tavsiyalar qilinadi. Hukumat, o‘z navbatida, aniq choralarni
amalga oshirish kerakligi haqida qaror qabul qiladi. Axborotning
yarmidan ko‘pini maxsus xizmat ochiq manbalardan: ommaviy axborot
vositalarida chop etilgan nashrlar, Internet, majlis va mitinglarda
ishtirok etish orqali yig‘adi. Axborotning bir qismi ayrim kishilardan va
boshqa idoralardan kelib tushadi.
Fransiyada axborotni himoyalash tizimi.
Fransiya kibermaydonda
o‘zining fuqarolarini nazorat qilish bo‘yicha tuzilma tashkil etgan.
Fransuzlar «Eshelon» nomli Amerika tizimiga o‘xshash o‘z tizimini
yaratdilar. U deyarli barcha xususiy global kommunikatsiyalarni tutib
qolishga yo‘naltirilgan.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha siyosatning strategik
yo‘nalishlarini ishlab chiqish bilan CLUSIF (Club de la securite
informatique francaise) birlashmasi shug‘ullanadi. U o‘zining statusi
bo‘yicha informatika sohasida ishlovchi yuridik va fizik shaxslarning
ochiq assotsiatsiyasi hisoblanadi. CLUSIF davlat tomonidan to‘liq qo‘llab
quvvatlanadi va maxsus xizmatlar bilan yaqin aloqaga ega.
Fransiyaning maxsus xizmati strukturasi. Fransiya razvedka
uyushmasining umumiy shtati, uchta har xil vazirlikka bo‘ysunuvchi
xizmatlarda ishlaydigan 12779 ga yaqin xodimlardan iborat. Uchta
xizmat Tashqi xavfsizlikning Bosh direksiyasi (DGSE); Harbiy razvedka
boshqarmasi (DRM) va Harbiy kontrrazvedka boshqarmasi (DPSD)
Mudofaa vazirligi himoyasida faoliyat olib boradi. Maxsus xizmatlarga
jandarmeriyani (Gendarmerie) ham kiritish mumkin. Uning vazifalaridan
biri bo‘lib razvedka faoliyatini yuritish hisoblanadi – jandarmeriyaning har
bir qismida razvedka bo‘limi mavjud. Ikkita maxsus xizmat:
kontrrazvedka (DST) va Bosh razvedka xizmati (RG) Ichki ishlar
vazirligiga bo‘ysungan.
Rossiya Federatsiyasi (RF)ning axborot xavfsizligini ta’minlovchi
davlat idoralari strukturasi.
Axborot xavfsizligining davlat siyosatini
ishlab chiqish, qonunlar, normativ-me’yoriy hujjatlar tayyorlash,
111
axborotni muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlarni
bajarilishi ustidan nazoratni davlat idoralari amalga oshiradilar.
RF Prezidenti axborot xavfsizligini ta’minlovchi davlat idoralariga
boshchilik qiladi. U Xavfsizlik kengashini boshqaradi va davlatda axborot
xavfsizligini ta’minlashga doir farmonlarni tasdiqlaydi.
Mamlakatning davlat xavfsizligiga oid boshqa masalalar bilan bir
qatorda axborot xavfsizligi tizimining umumiy boshqaruvini RF Prezidenti
va Hukumati amalga oshiradi.
RF Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi davlat xavfsizligi
masalalari bilan bevosita shug‘ullanuvchi hokimiyat idorasi hisoblanadi.
Xavfsizlik Kengashi tarkibiga Axborot xavfsizligi bo‘yicha idoralararo
komissiya kiradi. Komissiya davlatning axborot xavfsizligi sohasida
Prezident farmonlarini tayyorlaydi, qonun chiqarish tashabbusi bilan
chiqadi, vazirlik va idoralar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha idoralararo komissiyaning ishchi idorasi
bo‘lib RF Prezidenti huzuridagi Davlat texnik komissiyasi hisoblanadi. Bu
komissiya qonun loyihalarini tayyorlashni amalga oshiradi, normativ
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi, axborotni muhofaza qilish vositalarini
(kriptografik vositalardan tashqari) sertifikatlashtirishni tashkil etadi,
himoya vositalarini ishlab chiqish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashtiradi
va axborotni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitadi. Axborotni
muhofaza qilish sohasida izlanishlar olib boruvchi davlat ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bu komissiya Davlat sirini
himoyalash bo‘yicha idoralararo komissiya ishini ham ta’minlaydi.
Davlat sirini himoyalash bo‘yicha idoralararo komissiyasiga davlat
sirini tashkil etadigan ma’lumotlardan foydalanish, axborotni muhofaza
qilish vositalarini yaratish hamda davlat sirini himoyalash bo‘yicha xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq korxona, muassasa va tashkilotlarni
litsenziyalashni boshqarish vazifasi yuklatilgan.
RF vazirlik va idoralarida axborot xavfsizligi siyosatining mos
darajalarini boshqarishni ta’minlovchi iyerarxiyaga asoslangan tuzilmalar
mavjud. Bu tuzilmalar, turli-xil nomlangani bilan o‘xshash funksiyalarni
bajaradilar.
|