98
faoliyat sohasida litsenziyalashni amalga oshirish bo‘yicha asosiy hujjat
hisoblanadi.
Ushbu qonunning 3-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar
keltirilgan:
litsenziya
– litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy
shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz
rioya etilgani
holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun
ruxsatnoma (huquq);
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi
– O‘zbekiston Respublikasi
hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan
faoliyat turi;
litsenziyalash
– litsenziya berish to‘g‘risidagi
arizani topshirish va
ko‘rib chiqish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish,
shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan
bog‘liq tadbirlar kompleksi;
litsenziya talablari va shartlari
– faoliyatning litsenziyalanayotgan
turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy
bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarning majmui;
litsenziyalovchi organlar
– qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni
amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar;
litsenziat
– faoliyatning litsenziyalanadigan
turini amalga oshirish
litsenziyasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziyalar reyestri
– berilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan,
qayta
rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar, shuningdek amal
qilishi tugatilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
litsenziyalovchi organlarning ma’lumotlar bazalari majmui.
Litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni ushbu
qonunning 4-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi hamda litsenziyalovchi organlar amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
vakolatlari jumlasiga
quyidagilar kiradi (5-modda):
– litsenziyalovchi organlarni va faoliyatning ayrim turlarini
litsenziyalash tartibini belgilash, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini yuritish
tartibini belgilash;
– faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
sohasidagi qonun
hujjatlariga litsenziyalovchi organlarning rioya etishlarini nazorat qilish;
– litsenziyalashning ayrim turlarini amalga oshirish.
99
Litsenziyalovchi organlarning vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi
(6-modda):
– faoliyatning ayrim turlarini qonun hujjatlariga muvofiq
litsenziyalash;
– qonunda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning tegishli turlarini
litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
– litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar rioya etishini nazorat
qilish;
– litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish;
– litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash;
– litsenziyalarning amal qilishini tugatish;
– litsenziyalarni bekor qilish;
– litsenziyalar reyestrini yuritish.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga (7-modda) amalga
oshirilishi fuqarolarning huquqlari
va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga,
jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib
turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin
bo‘lmagan faoliyat turlari kiradi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari
qonunlar bilan belgilanadi.
Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari tegishli litsenziyalovchi
organga quyidagilarni taqdim etadi (14-modda):
– litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza – unda: yuridik shaxs uchun –
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri
(pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob
raqami; jismoniy shaxs uchun –
familiyasi, ismi va otasining ismi,
fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari; yuridik yoki
jismoniy
shaxs
amalga
oshirishni
mo‘ljallagan
faoliyatning
litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi;
– yuridik shaxslar uchun – yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
jismoniy shaxslar uchun – yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
– litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib
chiqishi uchun litsenziya da’vogari yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi
hujjat;
– faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar
va shartlarni litsenziya da’vogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi
hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa hujjatlar.
100
Litsenziya da’vogarining arizasini barcha
zarur hujjatlar bilan birga
olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmagan muddat ichida
litsenziyalovchi organ namunaviy (oddiy) litsenziya berish haqida yoki
berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va litsenziyalovchi organ
litsenziya da’vogarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida uch kun ichida
xabardor qilishi shart (16-modda).