107
– ruxsat etilmagan kirishlardan, buzish yoki yo‘q qilishdan
axborotlarni himoyalash;
– axborot sifatini (vaqtidaligini, aniqligini, to‘laligini va foydalana
olishlikni) saqlab qolish.
Axborot qurolidan himoyalovchi dasturiy tasnifdagi amaliy tadbirlarga
quyidagilar kiradi:
1.
Xalqaro tarmoq orqali turli xil axborot almashinuvida iqtisodiy va
boshqa tuzilmalarning ehtiyojini bashoratlash va monitoringini tashkil
qilish.
Buning uchun transchegara, shu qatorda Internet orqali ham,
almashinuvni nazorat qilish uchun maxsus tuzilmalarni yaratish; ochiq
tarmoqlarda axborot xavfsizligi tahdidlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat
va nodavlat idoralarning chora-tadbirlarini koordinatsiya qilish; xalqaro
hamkorlikni tashkil etish mumkin.
2.
Axborot resurslarining xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda
milliy va korporativ tarmoqlarni jahon ochiq tarmog‘lariga
ulanishini
ta’minlovchi axborot texnologiyalarni takomillashtiruvchi davlat dasturini
ishlab chiqish.
3.
Jahon
axborot
tarmoqlarida
ishlash
uchun
ommaviy
foydalanuvchilarni va axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni
tayyorlash va malakasini oshirish kompleks tizimini tashkil qilish.
4.
Ochiq jahon tarmoqlari foydalanuvchilarining mas’uliyatlari va
majburiyatlari, reglament huquqi va axborot resurslari bilan foydalanish
qoidalarining milliy qonunchilik qismini ishlab chiqish. Jahon ochiq
tarmoqlari ishlashining me’yoriy-huquqiy ta’minotini va xalqaro
qonunchiligini ishlab chiqishda faol ishtirok etish.
AQSh ning milliy xavfsizligini ta’minlash tizimi
. Milliy xavfsizlik
agentligi (MXA-NBA) – radioelektron tutib qolish sohasida jahonda
peshqadam hisoblanadi. Agentlikning maqsadi –
texnik vositalar
yordamida AQSh ning milliy xavfsizligini ta’minlash.
AQSh ning tashqi xavfsizligini ta’minlashda Markaziy razvedka
boshqarmasi (MRB-SRU)ga asosiy o‘rinlardan biri ajratilgan. U yerda
boshqa davlatlar tomonidan milliy axborot infratuzilmaga qilinadigan
tahdidlar haqidagi axborotlarni qidirish va qayta ishlash bo‘yicha
razvedkaning imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan reja ishlab
chiqilgan va tatbiq qilingan. Agentura ishiga oid an’anaviy usullardan
tashqari, MRB texnik yo‘l orqali yopiq ma’lumotlar bazasiga kirishni va
ochiq manbalarning tahliliga katta e’tibor qaratadi.
Keyingi vaqtlarda
MRB axborot va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni,
jumladan xakerlar orasidan tanlashni amalga oshirmoqda.
108
Federal tekshirishlar byurosi (FTB-FBR) ham, eng avvalo AQSh
infratuzilmasini himoyalash nuqtai nazaridan axborot urushi doktrinasini
tatbiq qilishda ishtirok etadi. AQSh da kompyuter jinoyatchiligiga qarshi
kurashish maqsadida 1996-yili «Kompyuterlarni qo‘llash orqali firibgarlik
va suiiste’mol qilishlar to‘g‘risida»gi federal qonun qabul qilingan va
ushbu turdagi jinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha FTB tarkibida
bo‘linma tashkil etish ko‘zda tutilgan. FTB telekommunikatsiya tarmog‘i
orqali amalga oshiriladigan ayg‘oqchilik, maxfiy ma’lumotlarni
oshkor
qilish, davlat instansiyalarni aldash, terrorizm, xiyla ishlatish va firibgarlik
kabi noxush holatlarni tekshirish bilan shug‘ullanadi. Uning tarkibiga
kompyuter jinoyatchiligi bilan shug‘ullanuvchi yettita bo‘linma kiradi,
ularning shtati 300 kishini tashkil qiladi.
AQSh ning Mudofaa vazirligi (MV) xalqaro Internet tarmog‘ining
ajdodi hisoblanib, birinchi bo‘lib mamlakatning xavfsizligiga yangi
tahdidning va axborot qurolining kuchini anglab yetdi va hozirgi vaqtda
harbiy sohada axborot urushi doktrinasini tatbiq qilishda yetakchi o‘rinni
egallaydi. MV ilmiy kengashining ekspertlar komissiyasi axborot urushi
hodisasiga qarshi harbiy telekommunikatsiya va kompyuter tarmoqlari
xavfsizligini ta’minlovchi shoshilinch choralarni
qabul qilish lozimligi
haqida doklad tayyorladi. Pentagon harbiy avtomatlashtirilgan axborot
tizimlarini «qizil buyruqlar» deb ataluvchi zaiflikka tekshirish uchun
harbiy kompyuter tarmoqlarini himoyasini ta’minlash bilan shug‘ullanish
maqsadida xakerlarni ishga qabul qiladi.
Hozirgi kunda AQSh idoralari faoliyatidagi umumiy tendensiya
axborot urushi olib borishning asosiy tashkiliy va konseptual prinsiplarini
ishlab chiqish, axborot texnologiyalarni qo‘llab yangi ish usullarini
qidirish hisoblanadi.