|
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y aBog'liq ma\'ruza
XULOSA
Axborot xavfsizligi tizimi – davlatning axborot sohasidagi siyosatini
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan
chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat
siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi.
Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi
tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning
milliy manfaatlarini, ularga erishishining strategik yo‘nalishlarini va ularni
amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat
axborot siyosatini anglatadi.
Axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga
imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik
taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilishning usul va
vositalarini yaratish dolzarb masalalardan biridir.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, axborotni muhofaza qilishda yetarli
darajadagi yutuqlarga erishish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik
choralarni birgalikda amalga oshirish zarur. Bu himoyalanadigan
axborotning konfedensialligi, tahdidning tasnifi va himoya vositalarining
mavjudligi bilan belgilanadi. Umumiy holda xavfsizlikni ta’minlashning
kompleks choralariga:
–
ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya qilish vositalari;
–
apparat-dasturiy vositalar;
–
kriptografik muhofaza qilishning kompleks vositalari;
–
injener-texnik tadbirlar;
–
texnik kanallarni blokirovkalash kompleks vositalari;
–
obyektlarni jismoniy qo‘riqlashni kiritish mumkin.
Bu choralarning har biri boshqasini to‘ldiradi, bironta usulning
yo‘qligi yoki yetishmasligi yetarli darajadagi himoyaning buzilishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
|
| |