Uchinchi qoida – antivirus vositalaridan muntazam foydalanish.
Antivirus vositalari muntazam yangilanib turilishi lozim.
To‘rtinchi qoida – yangi yechib olinadigan axborot tashuvchilardan va
yangi fayllardan foydalanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish. Yangi
yechib olinadigan tashuvchilar olinganda, albatta, yuklanuvchi va fayl
viruslari mavjudligiga, olingan fayllar esa fayl viruslari mavjudligiga
tekshirilishi lozim. Tekshiruv, skanerlovchi – dasturlar va evristik tahlilni
amalga oshiruvchi dasturlar yordamida amalga oshirilishi kerak. Olingan
hujjatlar va jadvallar bilan ishlashda, ushbu fayllar to‘liq tekshirilgunga
qadar, matn va jadval muharrirlariga o‘rnatilgan makrokomandalarning
bajarilishini taqiqlash zarur.
Beshinchi qoida – tizimga, ayniqsa taqsimlangan tizimlarga yoki
jamoa bo‘lib foydalaniladigan tizimlarga, kiritilayotgan fayllarni va
yechiladigan axborot tashuvchilarni maxsus ajratilgan kompyuterlarda
tekshirish. Uni tizim administratori yoki ma’lumotlar xavfsizligiga mas’ul
bo‘lgan shaxsning avtomatlashtirilgan ish joyidan amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq. Disk va fayllarni har tomonlama antivirus tekshiruvidan
o‘tkaziluvidan so‘ng ularni tizimdan foydalanuvchilarga taqdim etish
mumkin.
Oltinchi qoida – agar axborotlarni tashuvchilarga yozish nazarda
tutilmagan bo‘lsa, bunday amallarni bajarilishini blokirovka qilish.
Yuqorida keltirilgan tavsiyalarga doimiy rioya qilinishi virus dasturlar
bilan zararlanish ehtimolini ancha kamaytiradi va foydalanuvchini
axborotlarni qaytib tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotishlardan saqlaydi.
89
KTdan foydalanish bosqichlarida tizimdagi axborotlarning butunligi
va ulardan foydalanish huquqi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
– KTda mavjud axborotlarning butunligi;
– KTning rad etishga barqarorligini oshirish;
– tizimning qayta yuklanishi va «osilib qolishi»ni bartaraf etish;
– axborot zaxiralarini yaratish;
– qat’iy belgilangan dasturlar majmuidan foydalanish;
– texnik xizmat ko‘rsatish va kam-ko‘stini to‘ldirish jarayonlarining
o‘ziga xos tartibiga rioya qilish;
– antivirus tadbirlari kompleksini o‘tkazish.
Axborotning butunligi va foydalanishga qulayligi apparat vositalar
zaxirasini yaratish, foydalanuvchilarning xato harakatlarini blokirovka
qilish, kompyuter tizimlarining ishonchli elementlaridan va barqaror
ishlovchi tizimlardan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tizim
elementlarini qasddan ortiqcha ishlatish tahdidlari bartaraf etiladi. Buning
uchun bajariladigan dasturlarga buyurtmalarni kelib tushish intensivligini
o‘lchash mexanizmlaridan va bunday buyurtmalarni berishni cheklash
yoki blokirovka qilish mexanizmlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda
ma’lumotlarni uzatish yoki dasturlarni bajartirishga bo‘lgan buyurtmalar
oqimining birdaniga keskin oshib ketishini aniqlash imkoni ham oldindan
nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
KTda axborotlarning butunligi va foydalanishga qulayligini
ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ularning zaxiralarini hosil qilishdan
iborat. Axborotlar zaxirasini yaratish strategiyasi axborotning muhimligini,
KTning uzluksiz ishlashiga bo‘lgan talablarni, ma’lumotlarni tiklashdagi
qiyinchiliklarni hisobga olgan holda tanlanadi.
Himoyalangan KTda faqatgina ruxsat etilgan dasturiy ta’minotdan
foydalanilishi lozim. Foydalanishiga rasman ruxsat etilgan dasturlarning
ro‘yxati, ularning butunligini nazorat qilishning usullari va davriyligi KTni
ekspluatatsiya qilinishidan oldin aniqlanishi kerak.
Dasturlar butunligini nazorat qilishning sodda usullaridan biri nazorat
yig‘indilari usuli hisoblanadi. Nazorat yig‘indisi – ma’lumotlar blokining
oxiriga yoziladigan bitlar ketma-ketligi. Nazoratdagi faylga kiritilgan
o‘zgartirishni, nazorat yig‘indini tuzatib qo‘yish bilan, berkitishni istisno
qilish maqsadida nazorat yig‘indini shifrlangan holda saqlash yoki nazorat
yig‘indini hisoblashning maxfiy algoritmidan foydalanish zarur.
Axborot butunligini nazorat qilishning ko‘proq maqbul bo‘lgan
metodlarida bir xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-
funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib
90
bo‘lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko‘rinishda yoki
jinoyatchining «qo‘li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.