82
Axborotlarni muhofaza qilish dasturining dasturiy ta’minotga ulanish chizmasi
– kompyuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlarni
himoyalashning dasturiy vositalarini qasddan o‘zgartirish imkoniyati.
Kompyuter tizimlaridan foydalanish huquqini cheklashning usul va
vositalari.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy konsepsiyasini turli
aloqa va xavfsizlikni ta’minlash nimtizimlari, umumiy texnik vositalar,
aloqa kanallari, dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalariga ega yagona
tizimga integrasiyasiga asoslangan kompleks yondashuv tashkil etadi.
Kompleks xavfsizlik – vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi
tahdidlar (noqonuniy foydalanish, ma’lumotlarni tutib olish, terrorizm,
yong‘in, tabiiy ofatlar va hokazolar)ni majburiy hisobga olib, zamon va
makon (faoliyatning barcha texnologik sikllari) bo‘yicha xavfsizlikni
ta’minlashning majburiy bo‘lgan uzluksiz jarayonini nazarda tutadi.
Kompleks yondashuv qanday shaklda qo‘llanilishidan qat’iy nazar, u
murakkab va turli yo‘nalishdagi xususiy masalalarni, ularning o‘zaro
chambarchas bog‘liqlikdagi yechimi bilan hal etiladi. Bunday
masalalarning eng dolzarblari bo‘lib, axborotlardan foydalanishni
cheklash, axborotlarni texnik va kriptografik himoyalash, texnik
vositalarning yondosh nurlanishlari darajasini kamaytirish, obyektlarning
texnik mustahkamlanganligi, ularning qo‘riqlash va tahlikadan xabardor
qilish (signalizatsiya) qurilmalari bilan jihozlanganligi hisoblanadi.
Obyektning axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining samaradorligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuter tizimlari uchun ushbu
samaradorlikni, hisoblash tizimida qo‘llanilayotgan apparat-dasturiy
vositalarni tanlanganligi bilan baholash mumkin. Bunday samaradorlikni
baholash, xavfsizlikni ta’minlash darajasi foydalanish huquqiga bo‘lgan
nazoratni kuchaytirilishiga bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi o‘suvchi egri chiziq
orqali amalga oshirilishi mumkin.
Axborotlarni muhofaza qilishning
dasturiy vositalari
Himoyalanayotgan tizim