75
(kriptotahlil) kalit va shifrlash algoritmi noma’lum bo‘lgan
holatda
shifrlangan axborotning shifrini yechish jarayonini bildiradi. Odatda,
shifrlash algoritmi raqibga ma’lum va avvaldan tahlil etilishi mumkin deb
hisoblanadi. Faqat shifrlashni amalga oshiruvchi kalit yashirin saqlanadi.
Raqibning asosiy maqsadi bu kalitni qo‘lga kiritishdir.
Kriptomustahkamlik shifrning tasnifi bo‘lib, u kalitni bilmasdan turib
shifrni yechishga bo‘lgan mustahkamlikni bildiradi. Shifrlash orqali
axborotni himoyalashning samaradorligi kalitning yashirin saqlanishiga va
shifrning kriptomustahkamligiga bog‘liq.
Shifrlashga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Zamonaviy shifrlash usullari
quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
– shifrning mustahkamligi shifrlash algoritmining maxfiyligi bilan
emas, kalitning sir saqlanishi bilan ta’minlanadi;
– faqat barcha mumkin bo‘lgan kalitlarni birma-bir to‘liq ko‘rib
chiqish orqaligina shifrni yechish mumkinligi;
– kalitlarni birma-bir to‘liq ko‘rib chiqishdagi chekli amallar soniga
zamonaviy kompyuterlarda erishib bo‘lmaslik;
– shifrlangan matn hajm jihatdan berilgan
matndan juda ham katta
bo‘lmasligi;
– shifrlash jarayonida ketma-ket ishlatilayotgan kalitlar oddiy va
tezkor aniqlanadigan bog‘liqlikda bo‘lmasligi;
– shifrlash jarayonidagi xatolik axborotning buzilishi va yo‘qolishiga
olib kelmasligi kerak;
– shifrlash juda ham ko‘p mehnat talab qilmasligi va uning qiymati
himoyalanuvchi axborotning qiymati bilan mos kelishi kerak.
Ushbu talablarga shifrlash usullaridan: o‘rinlarini almashtirish;
almashtirish; gammalashtirish; analitik o‘zgartirish kabilari javob beradi.
Keng tarqalgan shifrlash algoritmlari. Axborotni kriptografik
himoyalash standartlari, xesh funksiya.
AES
[advanced encryption standard (AES)] – AQShda ma’lumotlarni
shifrlash standarti bo‘lib, simmetrik shifrtizimlarda foydalanish uchun
qo‘llanadi. Blok o‘lchami 128 bit, kalit uzunligi 128, 192 yoki 256 bitdan
iborat bo‘lgan bazaviy blokli shifrlash algoritmiga asoslagan. 2002-yildan
beri amalda qo‘llanilmoqda.
DES
[data encryption standard] shifrlash standarti Amerika standart
shifrlash tizimi bo‘lib, simmetrik shifrtizimlarda foydalanish uchun
mo‘ljallangan. Dunyoda shifrlashning birinchi
ochiq rasmiy standarti
76
sifatida 1977-yildan 1997-yilgacha amal qilgan. Blok kattaligi 64 bit, kalit
uzunligi 56 bitga teng bo‘lgan bazaviy blokli shifrlash algoritmi asosida
qo‘llanilgan. Shifrlashning 4 rejimi va xabarni haqiqiyligini
aniqlashtiruvchi kodni shakllantirishning 2 rejimiga ega.
DES
-algoritmi qo‘llashining asosiy sohalari:
1) kompyuterda ma’lumotlarni saqlash (parol va fayllarni shifrlash);
2) xabarlarni autentifikatsiyalash (xabar va nazorat guruhiga ega
bo‘lib, xabarni haqiqiyligiga ishonch hosil qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi);
3) elektron to‘lov tizimlarida (ko‘p
sonli mijozlar va banklar
o‘rtasidagi operatsiyalarda);
4) tijorat xabarlarni elektron almashinuvida (xaridor, sotuvchi va bank
xodimi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvida o‘zgartirishlar kiritish va
ushlab qolishlardan himoyalangan).