55
tadbirlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Yong‘in haqida signal berish tizimi:
– binoda aniqlangan yong‘in manbasi
joyidagi datchiklardan
kelayotgan xabarlarni qo‘riqlash posti xonasiga yuborish (har bir datchik
«diqqat» va «yong‘in» degan xabarlarni berishi
uchun alohida sezgirlik
bo‘yicha sozlanishi hamda bu sozlashlar kunduzgi va kechki rejimlar
uchun har xil bo‘lishi kerak);
– nosoz datchik manzilini ko‘rsatuvchi xabar qo‘riqlash postiga
yuborish;
– odamlarga yong‘in haqida xabar berish
va ventilatsiya tizimlari
orqali havo oqimi kelishini to‘sib qo‘yishi
– avtomat ravishda yong‘in o‘chirish qurilmalarini boshqarish;
– yuqoridagi talablarni bajarishda avtonom rejimda ishlashi;
– yong‘in sodir bo‘lganligi holati va vaqtini qayd etish hamda hodisa
haqidagi xabarning operatorlar ish joyidagi monitorlarda aks ettirish;
– integrallashgan xavfsizlik tizimining avtomatlashtirilgan ish joyida
qo‘riqlanayotgan binoning holatini bu bino plani bo‘yicha
grafik rejimda
kuzatish hamda planda «yong‘in» signalini yoki nosozliklarni grafik, matn
va tovush shaklida tasvirlash;
– kompyuter xotirasida yong‘in tizimining holati haqida bayonnoma
yuritilish hamda uni ko‘rish va chop etish imkonini berish;
– standart va nostandart holatlarda operator
faoliyatini qayd etuvchi
elektron jurnalni yuritish uchun mo‘ljallanadi.
Obyektni perimetri bo‘yicha qo‘riqlashni tashkil etishda uning ichki
hududi (qo‘riqlanadigan maydon) shartli ravishda:
aniqlash, kuzatish,
to‘xtatib qolish, nishonga olish kabi bir necha funksional zonalarga bo‘lib,
har bir zonada o‘ziga xos texnik vositalar joylashishi kerak.