47
YOEMNN hisobidan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar chiqib
ketish kanalini oldini olish bo‘yicha konstruktor-texnologik tadbirlar
maqbul konstruktor-texnologik yechimlarni qabul qilishga olib keladi.
Unga quyidagilar kiradi:
– qurilma element va uzellarini ekranlashtirish;
– elementlar va tok o‘tkazuvchi simlar orasidagi elektromagnit,
hajmli, induktiv aloqalarni susaytirish;
– manba va yerga ulanish zanjirlaridagi signallarni filtrlash va
YOEMNNni susaytirish yoki bartaraf etish kabi tadbirlar.
Ekranlashtirish elementlarni keraksiz akustik va elektromagnit
signallardan va o‘zining elektromagnit maydon nurlanishidan himoyalash
imkonini beradi hamda tashqi nurlanishlarning zararli ta’sirini susaytiradi
(yoki bartaraf etadi).
Qurilma va uning elementlarini yerga ulash hamda sirtlarini metall
purkab qoplash yo‘naltirilgan signallarni yerga o‘tkazib yuborish, alohida
zanjirlar orasidagi zararli aloqalarni susaytirishning ishonchli vositasidir.
Turli maqsadlarga mo‘ljallangan filtrlar paydo bo‘lgan yoki
tarqaladigan signallarni kamaytirish yoki susaytirishga hamda axborotlarni
qayta ishlash qurilmalarining manba tizimini himoya qilish uchun xizmat
qiladi.
Tutib olish
– bu radiodiapazondagi elektromagnit signallarni qabul
qilish hisobiga konfedensial ma’lumotlarni ruxsatsiz olishdir.
Konfedensial ma’lumotlarni ruxsatsiz olish shaklidan biri bo‘lgan
radio tutib olish jihatlariga ega:
– kriminal qiziqishli obyekt bilan bevosita bog‘lanmasdan amalga
oshiriladi;
– turli diapazondagi radioto‘lqinlarning tarqalish chegarasi bilan
aniqlanadigan katta masofa va fazoda o‘rinli;