Axborot chiqib ketish texnik kanallarining




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/65
Sana04.10.2024
Hajmi1,24 Mb.
#273512
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Bog'liq
ma\'ruza

 
2.2. Axborot chiqib ketish texnik kanallarining
tasnifi va tarkibi 
Ma’lumot maydon yoki modda orqali uzatiladi. Bu yo akustik to‘lqin 
(tovush), yo elektromagnit nurlanish yo matn yozilgan bir varaq qog‘ozdir. 
Biroq, na uzatilgan energiya, na foydalanilgan modda o‘z-o‘zicha hech qan-
day qiymatga ega emas, ular faqat ma’lumot tashuvchi hisoblanadi, xolos.
Fizik tabiatiga ko‘ra quyidagilar ma’lumot tashuvchi vositalar 
hisoblanadi: yorug‘lik nuri; tovush to‘lqinlari; elektromagnit to‘lqinlar;
material va moddalar. 
Tabiatda ma’lumotlarni tashish uchun bulardan boshqalari mavjud 
emas. O‘z manfaatlariga qarab insonlar u yoki bu fizik maydondan 
foydalanib o‘zaro ma’lumot uzatishning biror tizimini yaratadilar. Bunday 
tizimlarni 
aloqa tizimi 
deb nomlash qabul qilingan. Ixtiyoriy 
aloqa tizimi 
(ma’lumot uzatish tizimi) 
ma’lumotlar manbai, uzatgich, ma’lumot uzatish 
kanali, qabul qilgich va qabul qilib oluvchi haqidagi ma’lumotdan tashkil 
topadi
.
Bu tizimlar kundalik hayotda biror maqsad uchun foydalaniladi va 
ma’lumot uzatishning rasmiy vositasi hisoblanadi. Uning faoliyati 
ishonchlilikni, aniqlilikni va ma’lumot uzatish xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida nazorat qilinadi. Bu esa raqobatchilarning tizimga ruxsatsiz 
kirishni oldini oladi. Biroq, ma’lum sharoitlar mavjudki, unda bir joydan 
boshqasiga ma’lumot uzatish tizimi obyekt va manbaning xohishiga 
bog‘liq bo‘lmaydi. Bunday hollarda, albatta, bunday kanal o‘zini ochiqcha 
namoyon qilmasligi kerak. Ma’lumotlar uzatish kanali singari bunday 
kanal 
ma’lumot chiqib ketish kanali 
deb ataladi. U ham signal manbai, uni 
tarqatuvchi fizik muhit va yovuz niyatli shaxslar (buzg‘unchilar) 


37 
tomonidagi qabul qiluvchi qurilmalardan tashkil topadi. Quyidagi rasmda 
ma’lumot chiqib ketish kanalining tuzilishi keltirilgan. 
Ma’lumotlar chiqib ketish kanali 
deb konfedensial ma’lumotlar 
manbasidan yovuz niyatli shaxsgacha bo‘lgan fizik yo‘l tushuniladi. Bu 
yo‘l orqali ma’lumot chiqib ketishi yoki saqlanayotgan ma’lumotga 
ruxsatsiz kirish mumkin. Ma’lumotlar chiqib ketish kanalining vujudga 
kelishi (paydo bo‘lishi, o‘rnatish) uchun ma’lum fazoviy, energetik va 
vaqtdagi sharoit hamda yovuz niyatli shaxsda ularga mos ma’lumotlarni 
qabul qilish va qayd qilish vositalari mavjud bo‘lishi kerak. 
Fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda ma’lumotlar chiqib ketish 
kanalining paydo bo‘lishini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
– vizual-optik; 
– akustik; 
– elektromagnit (magnit va elektrik maydonni o‘z ichiga oladi); 

material-buyumli (qog‘oz, foto, magnitli tashuvchilar, turli 
ko‘rinishdagi qattiq, suyuq, gaz holatidagi sanoat chiqindilari). 
Ma’lumot chiqish kanali 
Manba

Download 1,24 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Axborot chiqib ketish texnik kanallarining

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish