Hisobga olish
axborotni muhofaza qilishning muhim usullaridan biri
bo‘lib, konfedensial ma’lumotlar tashuvchilarning hamda undan
foydalanuvchilarning ixtiyoriy vaqtda qayerda joylashganligi haqida
ma’lumot olish imkonini beradi. Ushbu usulsiz himoya muammosini hal
etish juda qiyin. Sir saqlanuvchi axborotlarni hisobga olish tamoyillari:
– himoyalanuvchi axborotlarni tashuvchilarning barchasini
ro‘yxatga olish majburiyligi;
– muayyan axborot tashuvchini ro‘yxatga olish bir marta
bo‘lishligini (takrorlanmasligini) ta’minlash;
– ro‘yxatda konfedensial ma’lumot tashuvchining ayni vaqtda qaysi
manzildaligini ko‘rsatish;
– har bir himoyalangan axborot tashuvchining saqlanishiga yagona
javobgarlik va hisobda ushbu axborotni ishlatgan foydalanuvchi haqida
ma’lumotni aks ettirish.
Kodlash
– himoyalanuvchi axborotni raqibdan yashirish maqsadida,
20
axborotni kanal orqali uzatish jarayonida o‘zgalar tomonidan tutib
olinishi xavfi mavjud bo‘lganda, uni kodlash usuli yordamida ochiq
matnni shartli axborotga aylantirish usulidir. Kodlash uchun odatda
belgilar to‘plami (belgilar, raqamlar va boshqalar), shuningdek axborotni
tushunarsiz belgilar to‘plami ko‘rinishiga aylantirish imkonini beruvchi
ma’lum qoidalar tizimi foydalaniladi. Bu axborotni o‘qish uchun esa uni
yana o‘z xoliga keltirish, ya’ni kodni ochish (kalit) kerak bo‘ladi.
Axborotni kodlash texnik vositalar yordamida yoki qo‘lda amalga
oshirilishi mumkin.
Shifrlash
– axborotni muhofaza qilish usuli bo‘lib, ko‘pincha
axborotlarni radioqurilmalar vositasida uzatishda, raqib tomonidan tutib
olish xavfi bo‘lganda qo‘llaniladi. Axborotni shifrlash, uni o‘zgalar
tomonidan tutib olinganda ham kalitsiz ma’nosini tushunib bo‘lmaydigan
holatga o‘tkazishni anglatadi.
Axborotni muhofaza qilish vositalari
– bu axborotni muhofaza qilish
masalalarini hal etish uchun foydalaniluvchi muhandislik-texnik, elektr,
elektron, optik va boshqa qurilma vositalar to‘plamidir.
Axborotni muhofaza qilishning kadr va resurs ta’minoti.
Davlat
sirlarini tashkil etuvchi axborotni muhofaza qilishni tashkil etuvchi kadrlar
tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:
1.
Tashkilot va bo‘linma rahbarlari.
2.
Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus komissiyalar.
3.
Yagona xavfsizlik xizmati tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan
bo‘linmalar.
Boshqa sohalar kabi axborotni muhofaza qilish sohasi ham kadrlar
tayyorlashdan tashqari moddiy, iqtisodiy va axborot resurslari bilan
ta’minlanishi kerak.
Moddiy resurslar axborotni muhofaza qilishda maxsus ahamiyatga ega.
Unga maxsus ajratilgan bino, maxsus qurilmalar, qabul qilingan me’yorlar
asosida attestatsiya qilingan kompyuter va orgtexnika, apparat vositalari,
dastur vositalari, axborotni muhofaza qilish vositalari va boshqalar.
Axborot resurslari
– bu tashkilot miqyosida axborotni muhofaza qilish
bo‘yicha optimal boshqaruv yechimlari qabul qilinadigan axborot. Unga
quyidagilar kiradi:
– huquqiy axborot (xavfsizlik muammolari bo‘yicha me’yoriy baza);
– tijorat axborotlari (ishlab chiqariladigan mahsulot va unda axborotni
muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida axborot);
– ilmiy-texnik axborot (xavfsizlik bo‘yicha mamlakat va chet el
davlatlari siyosati haqida axborot);
21
– ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonlari bo‘yicha axborot;
– tashkilotning axborot xavfsizligi holati, unga tahdidlar bo‘yicha
axborot-tahliliy faoliyat natijasida olingan tahliliy axborot.
Moddiy resurslar.
Axborotni muhofaza qilishni loyihalashtirishni, uni
ishga tushirishni moddiy ta’minotsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu ish
murakkab sharoitlarda amalga oshiriladi: xavfsizlik sohasida raqobatchilik,
xizmat ko‘rsatuvchining kam xarajat qilib ko‘p foyda olish istagi,
xavfsizlik bo‘yicha sifatsiz ishlarni amalga oshirishi va hokazo.
Axborot xavfsizligi uning egalari tomonidan himoyalanuvchi
axborotning tarqab ketish, buzilish, yo‘q qilish va modifikatsiya qilishni
oldini olish maqsadiga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni
ifodalaydi.
Axborotni muhofaza qilish tizimi
deganda davlat axborotni muhofaza
qilish tizimini hamda muayyan obyektlardagi himoya tizimlarini tushunish
kerak.
Davlat axborotni muhofaza qilish tizimiga quyidagilar kiradi:
– davlat me’yoriy hujjatlari, standartlar, boshqaruv hujjatlari va
talablari;
– axborotni muhofaza qilish bo‘yicha konsepsiya, talablar, me’yoriy-texnik
hujjatlar va ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
– davlat mulki bo‘lgan axborotni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan
chora-tadbirlarning tashkil etilishi, bajarilishi va amal qilinishi tartibi,
shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyorida bo‘lgan axborotni
muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar;
– axborotni muhofaza qilish vositalarini sinash va sertifikatsiyalashni
tashkillashtirish;
– axborotni muhofaza qilish uchun tashkilot va sohaviy koordinatsion
tuzilmalarni tashkil etish;
– axborotni muhofaza qilishni tashkil etish bo‘yicha ishlarni nazorat
qilish;
– chet el fuqarolari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat
mulki bo‘lgan axborotdan yoki davlat tomonidan axborotni tarqatishga
chegara qo‘yilgan yuridik va jismoniy shaxslar ma’lumotlaridan foydalana
olish tartibini aniqlash.
Axborotlashtirishning muayyan obyektlarida axborotni muhofaza
qilishning maqsadlari ehtimoli bo‘lgan tahdidlarning ro‘yxati bilan
belgilanadi.
Har qanday axborotni muhofaza qilish tizimi o‘zining xususiyatiga
ega bo‘lish bilan birga umumiy talablarga javob berishi kerak. Axborotni
muhofaza qilishga ko‘proq qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardir:
22
Axborotni muhofaza qilish tizimi
– bir butunlikda bo‘lishi;
– axborotning, axborot vositalarining xavfsizligini va axborot
munosabatidagilar manfaatlarining himoyasini ta’minlashi;
– tizimning ichida uning elementlari orasida axborot aloqasini
ta’minlashi;
– axborot faoliyatining texnologik kompleksini o‘ziga qamrab olishi;
– foydalanish vositalari bo‘yicha turli, axborotdan foydalana
olishlilik bo‘yicha ko‘p darajali iyerarxik ko‘rinishda bo‘lishi;
– axborot xavfsizligi choralarini o‘zgartirish va to‘ldirishga ochiq
bo‘lishi;
– nostandart bo‘lishi (himoya vositalarini tanlashda buzg‘unchining
himoya imkoniyatlari bilan tanish emasligiga ishonishmaslik);
– texnik xizmat ko‘rsatishga oddiy va foydalanish uchun qulay
bo‘lishi;
– ishonchli bo‘lishi kerak (texnik vositalardagi ixtiyoriy buzilish
axborotning tarqab ketish kanali bo‘lib qolishi mumkin).
Boshqa tizimlar kabi axborotni muhofaza qilish tizimi o‘z
ta’minotining ma’lum turlariga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli bu tizim
quyidagilarga ega bo‘lishi mumkin:
– huquqiy ta’minot
(bunga bajarilishi majburiy bo‘lgan me’yoriy
hujjatlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, talablar kiradi);
– tashkiliy ta’minot
(bunda axborotni muhofaza qilish ma’lum bir
tuzilmaviy birliklar orqali qo‘llanilishi nazarda tutiladi: hujjatlar himoyasi
xizmati; qo‘riqlash, kirishga ruxsat berish xizmati; texnik vositalar
yordamida axborotni muhofaza qilish xizmati; axborot-tahliliy faoliyat va
boshqalar);
– apparat ta’minoti
(bunda axborotni muhofaza qilish hamda
muhofaza qilish tizimi faoliyatini ta’minlash uchun texnik vositalardan
keng miqyosda foydalanish nazarda tutiladi);
– axborot ta’minoti
(ushbu ta’minot tarkibiga tizimning faoliyatini
ta’minlovchi vazifalarni hal yotuvchi ma’lumotlar, axborotlar,
ko‘rsatkichlar, kattaliklar kiradi. Shuningdek, unga xavfsizlik ta’minoti
xizmati faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan turli xarakterdagi ko‘rsatkichlar:
ruxsat berish, ro‘yxatga olish, saqlash kabilar ham kiradi);
– dasturiy ta’minot
(bunga konfedensial axborot manbalariga
noqonuniy kirish yo‘llari hamda axborotni chiqib ketish kanallari
mavjudligiga baho beruvchi turli axborot, hisobga olish, statistik va
hisoblash dasturlari kiradi);
23
– matematik ta’minot
(bu himoya uchun zarur bo‘lgan har xil
hisoblarni amalga oshirishda, buzg‘unchilar texnik vositalarining xavfi
tomonidan me’yorlar, hududlarga baho beruvchi matematik usullarni
qo‘llashni nazarda tutadi);
– lingvistik ta’minot
(axborotni muhofaza qilish sohasida
mutaxassislar va foydalanuvchilar tomonidan qo‘llaniluvchi maxsus til
vositalarining to‘plami);
– me’yoriy-uslubiy ta’minot
(bunga axborotni muhofaza qilishni
ta’minlovchi organlar, xizmatlar, vositalar faoliyati me’yorlari va reglamentlari,
axborotni muhofaza qilish qattiq talab etiladigan sharoitlarda foydalanuvchilar
tomonidan o‘z vazifalarini bajarishda faoliyatni ta’minlovchi turli uslublar
kiradi).
|