12
Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.
Umumiy
yo‘nalishga
ko‘ra
axborot
xavfsizligiga
tahdidlar
quyidagilarga bo‘linadi:
– O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va
axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklariga tahdidlar;
– mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa
vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini
qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga,
shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali
foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar;
– Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot
va telekommunikatsiya tizimlarining me’yorida ishlashiga, axborot
resurslari xavfsizligiga tahdidlar.