6
ilmiy-texnik, ishlab chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy,
konfedensial yoki nomaxfiy bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 848-XII-sonli
«Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonunning
1
1-moddasida davlat
sirlari tushunchasi berilgan:
«Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan
chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy
harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar
O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi».
Mazkur qonunning 3-moddasida davlat sirlarining toifalari keltirilgan:
«O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari – davlat, harbiy va
xizmat sirlarini qamrab oladi.
Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat
holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa
qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa
og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar davlat
sirini tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati,
davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy
sirni tashkil etadi.
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar
yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv
sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi».