|
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y aBog'liq ma\'ruza
I. AXBOROT XAVFSIZLIGI VA AXBOROTNI
MUHOFAZA QILISH
1.1. Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning
zamonaviy konsepsiyasi.
1.2. Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari.
1.3. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha
me’yoriy-huquqiy hujjatlar. Axborotni muhofaza qilish sohasida xalqaro
standartlar.
Har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati
uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishdan davlatning harbiy-strategik
ahamiyatiga molik bo‘lgan ma’lumotlar qat’iy sir tutilgan va
himoyalangan. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish texnologiyalariga va
mahsulotlarni sotishga tegishli axborot tovar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ichki
va tashqi bozorda unga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Axborot
texnologiyalari avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish
yo‘nalishlarida muntazam mukammallashib bormoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat shpionaji,
kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish,
o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda.
Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim
davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning
zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va
axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini
topmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash
to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar
bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar hamda
bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda
(o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni
ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot
xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va
axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur.
Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam
ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya
vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
|
| |