O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/65
Sana04.10.2024
Hajmi1,24 Mb.
#273512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
ma\'ruza

 
// 
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2004. – №1–2.
– 10-м. 



«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 
qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda 
foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning 
muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi 
xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi»
1
.
Darhaqiqat, 2002-
yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda
2
axborot xavfsizligini 
ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi hamda shaxs, jamiyat 
va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat 
yo‘nalishlarini belgilaydi deb belgilangan. 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni muhofaza qilishi 
deganda, uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni 
ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni 
qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish 
qabul qilingan. 
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy 
xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni 
muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati 
darajasiga aylanmoqda.
Ushbu ma’ruzalar kursi tinglovchilar va huquqni muhofaza qilish 
idoralari xodimlariga axborot xavfsizligini ta’minlashga oid nazariy 
bilimlarni, axborot tizimlarida axborotni muhofaza qilishni tashkil 
etishning tashkiliy, huquqiy, texnik, kriptografik, apparat-dasturiy 
usullarini qo‘llashga oid zarur bilimlarni egallash imkonini beradi. 

Каримов И.А
. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқур-
лаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Т., 2010. 
2
Ўзбекистон Республикасининг «Ахборот эркинлиги принциплари ва 
кафолатлари тўғрисида»ги қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий 
Мажлисининг Ахборотномаси. – 2003. – №1. – 2-м. 




Download 1,24 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish