10
Axborotni muhofaza qilish tushunchasi axborot xavfsizligi
tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq.
Tor ma’noda axborotni muhofaza qilish deganda axborotni yig‘ish,
uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonida uning xavfsizligi
(konfedensialligi va butunligi)ni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar va
harakatlar majmui tushuniladi. Bu ta’rif axborotni muhofaza qilish va
axborot xavfsizligi tushunchalarining bir-biriga yaqin ekanligini bildiradi.
Axborot xavfsizligi – bu uzatiluvchi, yig‘iluvchi va saqlanuvchi
axborotning xususiyati (holati) bo‘lib, uning tashqi muhit (inson va tabiat)
va ichki tahdidlardan himoyalanganlik darajasini xarakterlaydi.
Axborotni muhofaza qilish keng ma’noda axborot xavfsizligiga
tahdidni oldini olish va ularning asoratlarini yo‘q qilishga qaratilgan
tashkiliy, huquqiy va texnik choralar kompleksini bildiradi.
Axborotni muhofaza qilish axborotga bo‘lgan salbiy ta’sir manbalarini
hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ma’nosini anglatadi.
Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil etadi.
Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‘naltirilgan:
– axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tahdidlarning oldini olish;
– tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‘lgan
tahdidlarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida oldini olish choralari;
– aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni
topish;
– jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni
hamda tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
– tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‘q qilish va mavqeini
saqlash.
Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy
tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta’minlashdan iborat:
– konfedensial axborotlarning tarqab ketishini oldini olish;
– konfedensial axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash;
– axborotning butunligi, to‘liqligi va undan foydalana olishni saqlash;
– axborot konfedensialligiga rioya qilish;
– mualliflik huquqlarini ta’minlash.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, axborotni muhofaza qilish deganda
davlat, jamiyat va shaxslarning axborot xavfsizligini ta’minlashga
yo‘naltirilgan usul, vosita va choralar majmuini tushunish mumkin.