• Tranzistor – tranzistorli mantiq elementlar
  •  Mantiqiy integral sxemalarning negiz elementlari




    Download 6,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/258
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,22 Mb.
    #239912
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258
    Bog'liq
    elektronika

    2.5. Mantiqiy integral sxemalarning negiz elementlari 
     
    Mantiqiy integral sxema 
    yoki
     mantiqiy element 
    (ME) deb ikkilik 
    sanoq tizimida berilgan axborotlarni mantiqiy 
    oʻzgartirishga moʻljal-
    langan elektron sxemalarga aytiladi.
     
    MElar sanoatda murakkablik darajasiga 
    koʻra turli seriyalar koʻri-
    nishida ishlab chiqariladi. Seriya deganda, turli funksiyalar bajara 
    oladigan, yagona konstruktiv - texnologik usulda bajarilgan va birga-
    likda ishlashga m
    oʻljallangan IMS majmuiga aytiladi. Shundayligiga 
    qaramasdan, har bir seriyada ushbu seriyadagi boshqa sxemalarga asos 
    hisoblanadigan negiz MElar (invertorlar, HAM-EMAS ME, YOKI-
    EMAS ME, triggerlar, schetchiklar, registrlar va h.k.) mavjud. 
    Hozirgi vaqtda RISlarni loyihalashda quyidagi negiz MElar keng 
    qoʻllaniladi: tranzistor – tranzistorli mantiq; emitterlari bogʻlangan 
    mantiq; integral–injeksion mantiq; bir turdagi MDYA – tranzistorli 
    mantiq; komplementar MDYA–tranzistorli mantiq. 
    Negiz MElarning sxema variantlarini 
    tranzistorli mantiqlar
    deb 
    atash qabul qilingan. Mantiq turi 
    qoʻllanilgan elektron kalit va ele-
    mentlar orasida 
    oʻrnatilgan bogʻliqlik bilan aniqlanadi. Sanab oʻtilgan 
    MElarning hech biri tezkorlik, iste’mol quvvati, joylanish zichligi va 
    texnologikligi bilan sxemotexnikaning barcha talabalariga t
    oʻliq javob 
    bera olmaydi. Shuning uchun IS ishlab chiqarishda u yoki bu negiz 
    sxemani tanlash buyurtmachining texnik talabalari va ishlatish sharo-
    itlariga 
    bogʻliq. 
    Tranzistor – tranzistorli mantiq elementlar 
     
    Tranzistor – tranzistorli mantiq (TTM) elementlar keng tarqalgan 
    va 
    koʻp ishlab chiqariladigan RIS hisoblanadi. 
    Sodda invertorli TTM sxemasi 2.13-rasmda keltirilgan. 
    Element ikkita mantiqiy kirishga ega 
    boʻlib, u koʻp emitterli 
    tranzistor (KET) asosida hosil qilingan tok qayta ulagichi va VT1 
    tranzistorli elektron kalit (invertor)dan tuzilgan. KET TTM turdagi 
    MElarning 
    oʻziga xos komponentasi hisoblanadi. U umumiy baza va 
    umumiy kollektorga ega 
    boʻlgan tranzistorli tuzilmadir. Standart sxema-
    larda kirishlar (emitterlar) soni 
    K
    BIRL
    ≤8. TTM elementlar tarkibidagi 
    KET invers rejimda yoki 
    toʻyinish rejimda ishlashi mumkin. KET 
    tuzilmasi va yasalish texnologiyasi shundayki, tok 
    boʻyicha kuchay-


    74 
    tirishning invers koeffitsiyenti 
    I
    α
    juda kichik 
    boʻlib, 0,01÷0,05 
    oraligʻida yotadi. 
    2.13-rasm.
    Sodda invertorli TTM ME sxemasi. 
    BT asosidagi TTM va boshqa turdagi MElar ishlash mexanizmini 
    koʻrib chiqishdan avval, tahlil uchun zarur boʻlgan elementar nisbatlarga 
    t
    oʻxtalib oʻtamiz. 
    MElarda tranzistorlar kalit rejimida ishlashini inobatga olgan 
    holda, tahlilda ochiq yoki berk 
    p-n
    oʻtish tushunchasi qoʻllaniladi. 
    Eslatib 
    oʻtamiz, agar oʻtishning toʻgʻri toki 
    I
    = 10
    -3 
    ÷10
    -4

    oraligʻida 
    yotsa, bu diapazon 

    Download 6,22 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   258




    Download 6,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Mantiqiy integral sxemalarning negiz elementlari

    Download 6,22 Mb.
    Pdf ko'rish