|
Bozorni segmentlashning usul va mezonlari
|
bet | 48/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.org2. Bozorni segmentlashning usul va mezonlari.
Marketingda xaridorlarni segmentatsiyasida ishlab chiqarish vositalari va iste`mol bozorida
ikki xil yondashuv bor. Chunki bu ikki xil bozordagi xaridorlarning xulk-atvori xam xar xildir.
Ishlab chiqarish vositalari xaridorlar ma`lum bir tovarni korxona faoliyatini va bozorni chukur
taxlil kilib, savdodan keladigan nafni aniq bilganlaridan keyingina sotib oladilar. Bu erda
segmentatsiya belgilari sifatida ishchilarni soni, ishlab chikarish vositalarini kiymati, tarkibi,
markazdan uzokligi kabi kursatkichlardan foydalanish mumkin. Iste`mol buyumlarini xaridorlari
segmentatsiya belgilari juda xilma-xildir, bu belgilarni tanlash jarayoni juda murakkab.
Firmalar bozorni tabaqalashni ikki bosqichda olib boradi.
Birinchi bosqichda makrosegmentlash amalga oshiriladi, ya`ni firma o„zi chiqayotgan bozorini
aniqlashtiradi. Ikkinchi bosqichda mikrosegmentlash amalga oshiriladi, ya`ni bozorda xaridorlar
segmenti tanlab olinadi.
Makrosegmentlashda dastlab firma maqsadini aniqlashtirib olishi, so„ng quyidagi
3 o„lchov asosida bozor tanlashi kerak:
1. Qanday extiyojlarni qondirish zarurq (nimaq)
2. Qaysi iste`molchilar guruhini qondirish kerakq (kimniq)
3. Qanday texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqq (qandayq)
Bu ma`lumotlarga asoslanib segmentlash setkasi tuziladi va unga asoslanib
segmentlar soni hisoblanadi.
Mikrosegmentlashning vazifasi tovar bozorlari tarkibidagi turli tuman ehtiyojlarni
chuqur tahlil qilishdan iborat.
Mikrosegmentlash 4 bosqichda amalga oshiriladi:
Segmentlash tahlili: bozor bir turdagi segmentlarga bo„linadi.
Maksadli segment tanlash: bir yoki bir necha maqsadli segment tanlanadi.
Qulay o„rin tanlash: maksadli segmentda raqobatchilarni hisobga olgan holda qulay o„rin tanlab
olinadi.
Maqsadli marketing dasturi: tanlangan segmentga moslab marketing dasturi ishlab chiqiladi.
Birinchi bosqichda bozorni segmentlarga ajratish bir necha mezonlar asosida amalga
oshiriladi.
|
| |