• Bozorni segmentlash deganda, ma`lum belgi-alomatlar va savdo-sotiqning shart- sharoitiga karab bozorni har xil bo„g‟in (qism) larga ajratish, tabaqalash tushuniladi.
  • Segment
  • Bozorni egallash strategiyalari




    Download 424,75 Kb.
    bet46/117
    Sana06.12.2023
    Hajmi424,75 Kb.
    #112507
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117
    Bog'liq
    Marketing tadqiqotlari-fayllar.org

    3. Bozorni egallash strategiyalari. 
    4. Tovarni bozorda joylashtirish tamoyillari.
    1. Bozorni segmentlash mohiyati va maqsadlari. 
    Raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatga ega bo„lgan tovarlar ishlab
    chiqarish va kompleks servis-texnika xizmatlarini xamda samarali sotish usullarini qo„llashdan
    iborat. Bunga esa faqatgina bozorni batafsil o„rganish orqali erishish mumkin. Bozorni o„rganishda
    bozorlarni iste`molchilar guruhlari va tovarlarning iste`mol xususiyatlariga asosan segmentlash
    (tabaqalash) maqsadga muvofiq, chunki bozor turli katnashchilardan va tovarlardan tarkib topgan.
    Bozorni segmentlarga ajratib bilish - firma ega bo„lishi zarur bo„lgan malakalardan muhimidir.
    Bozorni segmentlash deganda, ma`lum belgi-alomatlar va savdo-sotiqning shart-
    sharoitiga karab bozorni har xil bo„g‟in (qism) larga ajratish, tabaqalash tushuniladi. 
    “Bozorni segmentlash” tushunchasini birinchi marta Uendell Smit tomonidan XX asrning 50-
    yillarida kiritilgan.
    Segment - bu bozorning kichik bir qismi. Unda xaridorlarning guruhi cheklangan bo„ladi va
    ma`lum turdagi tovarlar sotiladi.
    Bozor segmenti - bu bozorning bir bo„lagi bo„lib, u o„zining iqtisodiy intizomi bo„yicha
    tavsiflanuvchi bir xil sotib oluvchilar guruhini ajratadi. Korxonalar bozor segmentatsiyasi orqali
    marketing yo„nalishlaridan eng muhim bo„lgan - xaridor ehtiyojlarini va talablarini aniqlash
    tadbirini amalga oshiradi. Xaridorning talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar sotib olishdagi
    xulq-atvori haqidagi ma`lumotlar samarali marketing tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish
    imkoniyatlarini vujudga keltiradi. YA`ni, bozor segmentatsiyasi xaridorlarni talabiga muvofiq
    tovarni taklif etilishini va tovarga talabni kat`iyligini ta`minlaydi. Bozorda xaridorlarning ma`lum
    bir tovarga bo„lgan talablari xilma-xildir, har bir xaridorning o„zini didi bor. Yuqorida aytib
    o„tilgan xususiyatlar tovarni sotib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„ladi. Bu holat marketing
    mutaxassislaridan bozorni xaridorlarning xususiyatlariga karab guruhlarga ajratishni talab etadi.



    48
    Xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi


    xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.
    Bozorni segmentlash, bozorni o„rganishning asosiy usulidir. Uning yordamida bozor (uning
    tarkibiy qismlari) segmentlarga bo„linadi. Bozor segmenti - bu iste`molchilar, tovarlar,
    raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni
    to„g‟ri segmentlash, shu segmentning o„ziga xos extiyojlariga kat`iy rioya kilingan holda kam
    xarajatlar bilan tovar yetkazib berishni to„g‟ri tashkil qilish, ishlab chiqarish va sotish usulini
    aniqlashda firma o„zining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashni, firma maksimal imkoniyatlariga
    ega bo„lgan sohalarda resurslar kontsentratsiyasini ta`minlash va raqobatda zafarga erishishni
    ta`minlashni hal etadi.

    Download 424,75 Kb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   117




    Download 424,75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozorni egallash strategiyalari

    Download 424,75 Kb.